thumb|8-fevral — Rossiya fanlari kuni Rossiya fanlari kuni — 8-fevralda nishonlanadi. U Rossiya Prezidenti B.N.Yeltsinning 1999-yil 7-iyundagi farmoni bilan tashkil etilganUkaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii № 717 ot 7-iyunya 1999 goda „Ob ustanovlenii Dnya rossiyskoy nauki“. Bayram birinchi marta 1999-yilda Rossiya Fanlar akademiyasi tashkil etilganligining 275-yilligi munosabati bilan nishonlangan.

Tarixi Ushbu sana Rossiya Fanlar akademiyasining tashkil etilgani munosabati bilan bayram kuni sifatida belgilangan. Imperator Pyotr I buyrugʻi bilan Senat 1724-yil 28-yanvar farmon qabul qiladi (yangi taqvim boʻyicha 8-fevral). Ushbu hujjat bilan Rossiya Fanlar akademiyasiga asos solinadi.

Sobiq Ittifoq davrida aprel oyining uchinchi yakshanbasida Ilm-fan kuni tantana qilingan. 1918-yil 18-25-aprel kunlari V.I. Lenin „Ilmiy-texnikaviy ishlar rejasi“ni tuzgani bayramga asos qilib olingan. Bugungi kunga qadar koʻplab ilmiy jamoalar Fan kunini „eski uslubga koʻra“, yaʼni aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlaydi (2022-yilda bayram 17-aprelga toʻgʻri keldi)8-fevralya — Den rossiyskoy nauki.

Biroq, 1999-yildan beri Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1999-yil 7-iyundagi farmoniga binoan „davlat va jamiyat taraqqiyotida vatan ilm-fanining muhim rolini hisobga olib hamda tarixiy anʼanalarga rioya qilgan holda va Rossiya Fanlar Akademiyasi tashkil etilganining 275-yilligini nishonlash maqsadida“ 8-fevralda nishonlanadi.

Yana qarang

Darvin kuni Rossiya bayramlari Imiy fanlar

Manbalar

Havolalar