„Californication“ Red Hot Chili Peppers rok musiqa guruhining „Californication“ (1999) nomli yettinchi albomiga kiritilgan qoʻshiqdir. 2000-yilning iyunida singl oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 xit-paradida 69-, UK Singles Chart xit-paradida 16-, shuningdek, Billboard jurnali yuritadigan Mainstream Rock Tracks va Modern Rock Tracks xit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarildi.
„Californication“ Red Hot Chili Peppersning eng taniqli va eng koʻp ijro etilgan qoʻshiqlaridan biri hisoblanadi. Red Hot Chili Peppers uni konsertlarida 500 martadan oshiq ijro etgan boʻlib, bu koʻrsatkich ortidan ashula guruhning musiqiy repertuaridagi eng koʻp ijro etgan uchinchi qoʻshiqqa aylandi.
Klipi Qoʻshiq klipiga Jonathan Dayton va Valerie Faris rejissorlik qilishgan. Klip voqealari uch oʻlchamli videooʻyinda sodir boʻladi. Unda guruh aʼzolarining har birining sarguzashtlari tasvirlangan. Klip uchinchi shaxs tomonidan kuzatiladi.
„Californication“ uchun olingan klip YouTube platformasida shu kungacha 939 million martadan ortiq koʻrilgan boʻlib, guruhning YouTubedagi eng koʻp koʻrilgan klipi hisoblanadi..
Videooʻyin 2022-yilning 1-martida geym-developer Miquel Camps Orteza „Californication“ ashulasiga olingan 2000-yilgi klip asosida videooʻyin yaratdi.
Trek-list CD single 1 „Californication“ — 5:21 „I Could Have Lied“ (Live) — 4:26 „End of Show Brisbane“ (Live) — 8:11
CD single 2 „Californication“ — 5:21 „I Could Have Lied“ (Live) — 4:26 „End of Show State College“ (Live) — 9:27
EP „Californication“ — 5:21 „End of Show Brisbane“ (Live) — 8:11 „I Could Have Lied“ (Live) — 4:26 „End of Show State College“ (Live) — 9:27
Jamoa Red Hot Chili Peppers Anthony Kiedis — asosiy vokal John Frusciante — elektrogitara, bek-vokal, sintezator Flea — bas-gitara Chad Smith — barabanlar
Xit-paradlar
Haftalik xit-paradlar Xit-parad (2000-01)Xit-paradoʻrni Yevropa (Eurochart Hot 100)42 (Íslenski Listinn Topp 40)1
Yil tugashidagi xit-paradlar Xit-parad (2000)Oʻrni (Íslenski Listinn Topp 40)36 (Dutch Top 40)73
Reliz tarixi HududSanaFormat(lar)Leybl(lar)Manba(lar) Yevropa Ittifoqi2000-yil iyunCDWarner Bros. Misprinted as July 17 on source.Hot adult contemporary radioContemporary hit radio
Manbalar
Havolalar „Californication“ YouTubeda
Turkum:1999-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Red Hot Chili Peppers qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar