Zulfiya () — kelib chiqishi forscha boʻlgan xotin-qizlar ismi. Fors-tojik tilidan tarjima qilinganda jingalak soch, zulf ( zolf — zulf) degan maʼnoni anglatadi. Shu bilan birga, „jozibali“, „goʻzal“, „jilvakor sochli qiz“, „jozibaga ega“ maʼnosini anglatadi. Oʻrta Osiyo davlatlarida ayollar va qizlarga Zulfiya ismiga hamohang ravishda: Zulya, Zulfira, Zulfijamal, Zulenka, Zulfat, Zulfinur va boshqalar ismlar ham qoʻyiladi.
Taniqli shaxslar Zulfiya ismi bilan taniqli shoira Zulfiya Isroilova va Zulfiya Moʻminova ijod qilishgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha ayollar ismlari Turkum:Forscha ayollar ismlari Turkum:Tojikcha ayollar ismlari