„Eng gullagan yoshlik chogʻimda“ — rejissor Melis Abzalovning „Chinor tagidagi duel“ filmi uchun maxsus yozilgan qoʻshiq. Filmda qoʻshiqni Rashid Malikov oʻynagan Nortoy obrazi ijro etsa-da, aslida ashulani Kozim Qayumov kuylagan.

Qoʻshiq oʻzbeklar orasida keng miqyosda ommalashgan boʻlib, bir necha sanʼatkor, jumladan, „Farhod va Shirin“ guruhi, Nilufar Usmonova, Samandar Hamroqulov, Shuhrat Daryo va boshqalar uning kaverini yozgan.

„Eng gullagan yoshlik chogʻimda“ oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning XX asr oʻzbek lirikasining eng sara namoyandalaridan biri hisoblanuvchi shu nomli sheʼriga bastalangan. Qoʻshiq kuyini rus kompozitori Yevgeniy Shiryayev bastalagan.

Matni Originali Eng gullagan yoshlik chogʻimda, Sen ochilding koʻngil bogʻimda. Shunda koʻzim koʻrdi bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni.

Qushlar sayrar jonimga payvast, Men sevgining boʻyi bilan mast. Kuni bilan dalada qoldim, Lolazorlar ichra yoʻqoldim.

Quchoq-quchoq gullar terganim, Va keltirib senga berganim Kechagiday hamon esimda, Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting, Shundan beri dilimda yoding. Eng gullagan yoshlik chogʻimda, Sen ochilding koʻngil bogʻimda. Filmdagi versiya Eng gullagan yoshlik chogʻimda, Sen ochilding koʻngil bogʻimda. Shunda koʻzim koʻrdi bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni.

Quchoq-quchoq gullar terganim, Va keltirib senga berganim Kechagiday hamon esimda, Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting, Shundan beri dilimda yoding. Eng gullagan yoshlik chogʻimda, Sen ochilding koʻngil bogʻimda. Kozim Qayumov ijrosidagi toʻliq versiya Eng gullagan yoshlik chogʻimda, Sen ochilding koʻngil bogʻimda. Shunda koʻzim koʻrdi bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni.

Quchoq-quchoq gullar terganim, Va keltirib senga berganim Kechagiday hamon esimda, Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting, Shundan beri dilimda yoding. Eng gullagan yoshlik chogʻimda, Sen ochilding koʻngil bogʻimda.

Manbalar

Havolalar

„Eng gullagan yoshlik chogʻimda“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Eng gullagan yoshlik chogʻimda“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida

Turkum:Kozim Qayumov qoʻshiqlari Turkum:1979-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar