Rossiya Esperantistlar Ittifoqi, RoSE (esper. Rusia Esperantista Unio, REU) 1991-yil 28-dekabrda Sovet Respublikalari Esperantistlar Ittifoqi (SESR) negizida tashkil etilgan Википедия на эсперанто / Rusia Esperantista Unio . +RosSE prezidentlari Davr Prezident 1991 — 1993-yillar Viktor Arolovich 1993 — 1994-yillar Andrey Ananin (Grigoryevskiy) 1994 — 1995-yillar Nikolay Gudskov 1995 — 1997-yillar Aleksandr Korzhenkov 1997 — 2000-yillar Abdurahmon Yunusov 2000 — 2001-yillar Andrey Ananin (Grigoryevskiy) 2001 — 2002-yillar Jorj Kokoliya 2002 — 2005-yillar Nikolay Gudskov 2005 — 2009-yillar Andrey Grigoryevskiy 2009 — 2010-yillar Mixail Chertilov 2010 — 2013-yillar Grigoriy Arosev 2013 — 2019-yillar Svetlana Smetanina 2019 — Aleksandr Lebedev Ittifoqning rasmiy saytining taʼrifiga koʻra, „Rossiya Esperantistlar Ittifoqi (RoSE) — bu butun dunyoda adolatli va teng huquqli til tartibini oʻrnatish, Yer yuzida yashovchi xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro tushunish va doʻstlikni mustahkamlash uchun inson faoliyatining barcha sohalarida xalqaro esperanto tilining tarqalishi tarafdorlarini birlashtirgan butun Rossiya jamoat tashkiloti“.
Aʼzolik left|300x300px RoSEga kamida 18 yoshga toʻlgan, shu jumladan esperanto tilini bilmaydigan, ittifoqqa aʼzo boʻlish istagini bildirgan va aʼzolik badalini toʻlagan (2019-yilda MDHdan RoSEning individual aʼzosi uchun bir yillik toʻlov — 250 rubl) har qanday shaxs aʼzo boʻlishi mumkin.
Shuningdek, mustaqil esperanto klublari va esperantistlar uyushmalari ham RoSE aʼzolari hisoblanadi. Ishtirok etish uchun ular ishtirokchilarning aʼzolik badallari bilan bir qatorda kirish jamoaviy toʻlovini ham toʻlaydilar.
2007-yildan 2010-yilgacha aʼzolar soni oʻsdi va 424 kishiga yetib, 2015-yilgacha pasayishni boshladi, shundan soʻng u yana bir necha yil davomida oʻsdi. 2018-yilda 173 kishi RosSE aʼzosi hisoblangan.
Faoliyat Rossiya esperantistlar ittifoqi kitob va jurnallarni nashr etadi; Rossiyada bir qator esperantistlar uchrashuvlarini tashkil qiladi.
Havolalar Официальный сайт РоСЭ Официальный сайт РоСЭ Yana qarang Jahon Esperanto Assotsiatsiyasi Ukraina Esperanto assotsiatsiyasi Yaponiya Esperanto instituti Manbalar
Turkum: milliy esperanto tashkilotlari Turkum: Esperanto Rossiyada