Tangu (xit. pinyin) — Xitoyning anʼanaviy zarbli cholgʻu asbobi (doʻmbira -baraban).

Tavsifi thumb|left Tanguning bochkasimon shaklidagi tanasi ailanthus, chinor, qayin, terak yoki boshqa turdagi yogʻochlardan yasalgan va uzunligi 60 dan 80 santimetrgacha va diametri 20 dan 100 santimetrgacha yoki undan koʻp boʻladi. Odatda u qizil rangga boʻyaladi. Baraban 4 ta temir halqa vositasida tanaga mahkamlanadi yoki yogʻoch ramkaga oʻrnatiladi.

Doʻmbira pardalari tanguning ikki tomonida joylashgan boʻlib, sigir, choʻchqa yoki echki terisidan tortiladi.

Tangada soz chalish uchun ikkita yogʻoch tayoqdan foydalaniladi.

Tangu buddaviylik marosimlari va teatr tomoshalarida hamda Xitoy musiqasining koʻp turlarida ishlatiladi; jumladan, turli oʻlchamdagi tangular Pekin opera orkestri tarkibiga kirishi mumkin.

Sozandalar anʼanaviy ravishda Xitoy Yangi yilining ilk kunlarida sher raqsini ijro etish chogʻida Datangu (línínín ; katta tangu yoki sher tangu)ni ishlatishadi.

Syaotangu ( ; kichik tangu) esa vertikal ravishda chalinadi.

Manbalar