Jungʻorlar genotsidi () – Moʻgʻul jungʻor xalqining Sin sulolasi tomonidan ommaviy qirgʻin qilinishi. Sinlar birinchi marta Amursana koʻmagida Jungʻor xonligini zabt etganidan soʻng, 1755-yilda jungʻorlar rahbari Amursana boshchiligida Sin hukmronligiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon tufayli imperator Syanlun genotsid oʻtkazishga buyruq berdi. Genotsid jungʻor hukmronligiga qarshi isyon koʻtargan turkiy aholi (hozirgi uygʻurlar) qoʻllab-quvvatlagan Sin armiyasining manjur generallari tomonidan amalga oshirilgan.

Jungʻor xonligi XVII asr boshlarida vujudga kelgan bir necha tibet buddist oyrat moʻgʻul qabilalarining konfederatsiyasi va Osiyodagi soʻnggi yirik koʻchmanchilar imperiyasi edi. Baʼzi olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, 1755—1757-yillarda Sin istilosi paytida yoki undan keyin jungʻor aholisining qariyb 80 foizi yoki taxminan 500 000 dan 800 000 gacha odam urush va kasalliklar natijasida oʻldirilgan. Jungriyaning tub aholisi qirib tashlangach, Sin hukumati hududda aholini koʻpaytirish uchun Manjur aholisi bilan birga Xan, Xuey, Uygʻur va Xibe xalqlarini Jungriyadagi boʻsh hududlarga joylashtirdi.

Sinning jungʻorlarni bosib olishi

Kelib chiqishi

thumb|Jungʻorlar rahbari Amursana Sin sulolasi Jungʻor—Sin urushida jungʻorlarga qarshi urushga kirishdi. Jungʻorlar Buyuk Xitoy devorining gʻarbiy qismidan hozirgi Sharqiy Qozogʻiston va Shimoliy Qirgʻizistondan janubiy Sibirgacha boʻlgan hududda (ularning aksariyati hozirgi Shinjonda joylashgan) yashagan. Ular XVII asr boshidan XVIII asr oʻrtalarigacha Xitoyga tahdid solgan soʻnggi koʻchmanchi imperiya edi. Chapters 3-7 describe the rise and fall of the Dzungar Khanate and its relations with other Mongol tribes, the Qing dynasty, and the Russian empire..

Bu davrda mahalliy jungʻor xalqlarida porox qurollarini ishlab chiqarish jarayoni takomillashib, Markaziy Yevroosiyoda „harbiy inqilob“ning mahalliy koʻrinishi kashshofi boʻlishdi. Shuningdek, jungʻorlar oʻz yerlarida aralash agro-yaylov xoʻjaligi, shuningdek, bir-birini toʻldiruvchi togʻ-kon sanoati va ishlab chiqarish tarmoqlarini yaratdilar. Bundan tashqari, jungʻorlar mintaqada oyrat tilidan foydalanishni kuchaytirish maqsadida imperiya boʻylab qonunlar va siyosatlar tizimini ishlab chiqishga muvaffaq boʻlishdi.

1680-yillarda boshlangan bir qator harbiy toʻqnashuvlardan soʻng, 1750-yillarning oxirida jungʻorlar Manjurlar boshchiligidagi Sin sulolasi (1644-1911) tomonidan boʻysundirildi. Klarkning taʼkidlashicha, 1757—1758-yillardagi Sin yurishi „nafaqat Jungʻorlar davlatining, balki bir xalq boʻlgan jungʻorlarning butunlay yoʻq qilinishiga olib keldi“. Imperator Syanlun 1755-yilda Sin qoʻshinlari jungʻorlar ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng, dastlab Jungʻor xonligini toʻrtta xon boshchiligidagi toʻrt qabilaga boʻlishni rejalashtirgan edi. Xoit qabilasi jungʻorlar rahbari Amursanani oʻz xoni etib tayinlashi kerak ediMillward 2007, p. 95..

Amursana Sinlarning kelishuv boʻyicha taklifini rad etib, isyon koʻtardi. Chunki u birlashgan jungʻor xalqining rahbari boʻlishni xohlardi. Bundan gʻazablangan imperator Syanlun butun jungʻor xalqi va xalq nomini yoʻq qilish toʻgʻrisida buyruq berdi. Moʻgʻul bayroqlari va manjurlar jungʻor ayollari va bolalarini qul qildilar. Qolgan jungʻorlar qirib yuborilishi kerak edi.

Tashqi moʻgʻul xalxa xalqi shahzodasi Chingünjav 1755-yilda Singa qarshi qoʻzgʻolon koʻtarish maqsadida Amursana bilan til biriktirdi. Shundan soʻng Chingünjav 1756-yilda Tashqi Moʻgʻulistonda Singa qarshi qoʻzgʻolon boshladi. Sin qoʻshinlari 1757-yilda qoʻzgʻolonni bostirdi. Sinlar qoʻzgʻolon bostirilgandan soʻng, Chingünjav va uning butun oilasini qatl etishgan. Shundan soʻng imperator Syanlun Manjur sakkiz bayroqlariga jungʻorlarni zabt etish haqida buyruq bergan.

Yoʻq qilish siyosati thumb| Imperator Syanlun Imperator Syanlun Peter C. Perdue tarjima qilgan quyidagi buyruqlarni bergan:

Jungʻor genotsididagi oʻlimlar, 1755—1758-yillardagi kasallik va urushlar natijasida yoʻq qilingan 600 000 va undan ortiq jungʻorlar umumiy jungʻorlar sonining 70-80 foizini tashkil qiladi. Buni Maykl Klark „nafaqat jungʻor davlatining toʻliq yoʻq qilinishi, balki jungʻorlarning ham xalq sifatida yoʻq qilinishi“, deya ta’riflagan. Sin olimi Vey Yuan (1794–1857) maʼlumotlariga koʻra, Sin istilosidan oldin jungʻor aholisi 200,000 xonadonda yashovchi 600,000 atrofida boʻlgan.

Vey Yuanning yozishicha, jungʻor xonadonlarining 40 foizga yaqini chechakdan oʻlgan, 20 foizi Rossiya yoki qozoq qabilalari tomonga qochib ketgan, 30 foizi esa manjur bayroqdorlari tomonidan oʻldirilgan. Bir necha ming li uchun taslim boʻlganlardan boshqa birorta gerlar qolmadi. Rus manbalariga koʻra, jungʻorlarning barcha erkaklari, ayollari va bolalari manjur qoʻshinlari tomonidan oʻldirilgan. Jungʻoriya aholisi bir necha avlodlar davomida qayta tiklanmadi.

Jungʻorlarning yoʻq qilinishi imperator Syanlunning ikki yil davom etgan „etnik genotsid“ deb taʼriflangan qirgʻin siyosati bilan bogʻliq. Imperator jungʻor aholisining katta qismini qirgʻin qilishga, qolganlarini esa qul qilish yoki badargʻa qilishga, natijada jungʻorlarni xalq sifatida yoʻq qilishga buyruq berdi. Genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar ensiklopediyasida imperator Syanlunning jungʻorlarga qarshi xatti-harakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konvensiyasida berilgan taʼrif boʻyicha genotsid deb tasniflangan.

Imperator oʻzining yoʻq qilish siyosati va konfutsiylikning tinchlik tamoyillarini qoʻllab-quvvatlash oʻrtasida hech qanday tafovut koʻrmagan. Imperator jungʻorlarni vahshiy va gʻayriinsoniy qilib koʻrsatish orqali oʻz pozitsiyasini mustahkamladi. Imperator Syanlun jungʻorlarni yoʻq qilar ekan „varvarlarni supurib tashlash — mamlakatga barqarorlik olib kelish yoʻli“, jungʻorlar „sivilizatsiyadan yuz oʻgirgan“, „imperator ilohiy qoʻllab-quvvatlangan“ deya eʼlon qildi.

Imperator bir necha marta jiao (qirgʻin) atamasini qayta-qayta ishlatishiga qaraganda, uning qoʻmondonlari buyruqlarni bajarishni istamagan. Qoʻmondonlar Hadaxa va Agui jungʻor yerlarini egallab, xalqning qochib ketishiga imkon berganlari uchun jazolangan. Generallar Yaoxui va Shuhede qoʻzgʻolonchilarni yoʻq qilishda yetarlicha gʻayrat koʻrsatmaganlari uchun jazolangan. Boshqalar, masalan, Tangkelu, qirgʻindagi faol ishtiroki uchun mukofotlangan. Syanlun Xalxa moʻgʻullariga „yosh va kuchlilarni topib, ularni qirgʻin qilish“ haqida aniq buyruq bergan. Qariyalar, bolalar va ayollar qul sifatida saqlab qolinib, oʻzlarining avvalgi ismlari va unvonlarini boy berishgan. Soʻnggi tadqiqotlarini genotsid boʻyicha qilgan tarixchi Mark Levenning taʼkidlashicha, jungʻorlarning yoʻq qilinishi „XVIII asrning eng zoʻr genotsidi“ edi.

Xoʻja Eminning Sin bilan ittifoqi

Jungʻorlar Oltishahrni ishgʻol qilish davrida Afaqi Xoʻja taklifi bilan uygʻurlarni bosib olib, oʻziga boʻysundirgan edi. Jungʻorlar uygʻurlar zimmasiga ogʻir soliqlar yuklaganlar. Shuningdek, uygʻurlar soliq yigʻuvchilarni ayollar va taomlar bilan ham taʼminlagan. Soliq miqdori qoniqarli boʻlmaganda, soliqchilar uygʻur ayollarini guruh boʻlib zoʻrlagan.

Turfon va Hami vohalarining jungʻorlarga qarshi uygʻur qoʻzgʻolonchilari Sin hukmronligi vassalligini qabul qilib, jungʻor hukmronligini agʻdarish uchun Sindan yordam soʻragan. Emin Xoʻja kabi uygʻur yetakchilariga Sin zodagonlari kabi unvonlar berilib, jungʻorga qarshi yurish paytida Sin harbiy kuchlarining uygʻurlar tomonidan taʼminlanishiga erishildi. Sin jungʻorlarga qarshi yurishda Xoʻja Eminni ishga solib, undan Tarim havzasidagi musulmonlar bilan muloqotda vositachi sifatida foydalandi. Musulmonlarga Sin faqat oyratlarni (jungʻorlarni) oʻldirishni maqsad qilgani va musulmonlarga tegmasligini maʼlum qildi. Musulmonlarni jungʻorlarni oʻldirish va Sin tarafiga oʻtishga ishontirish uchun Sevang Araptan qoʻlidagi musulmonlar oʻzlarining sobiq jungʻor hukmdorlaridan noroziligi qayd etildi.

Sin hukumati jungʻorlarni bosib olgach, oyratlarni Emin Xoʻjaning turfoniy turkiy musulmonlariga qul qilib bergan.

Demografik oʻzgarishlar

Genotsidning oqibatlari Sinlarning jungʻorlarga qarshi genotsidi aholi sonining kamayib, hududlarning boʻshab qolishiga olib keldi. Bu Sin homiyligida Jungriyaga millionlab etnik xan xitoylari, xueylar, Markaziy Osiyo vohasi xalqlari (uygʻurlar) va manchu bayroqdorlarining joylashishiga imkon yaratdi. Professor Stenli V.Toops bugungi demografik vaziyat Shinjondagi ilk Sin davriga oʻxshashligini taʼkidlaydi. Shimoliy Shinjonda sin, xan, xuey, uygʻur, xibe va qozoq aholisi hududdagi jungʻor oyrat moʻgʻullari qirib tashlanganidan soʻng olib kelindi, Shinjon umumiy aholisining uchdan bir qismi shimoliy hududda xuey va xanlardan tashkil topgan.ed. Starr 2004, p. 243. Jungriyada Sinlar Urumchi va Yining kabi yangi shaharlarni qurdi.Millward 1998, p. 102. XVIII asrning 20-yillarida xitoylar Jahongir Xoʻja ustidan gʻalaba qozongach, 12 ming uygʻur taranchi oilasi Xitoy tomonidan Tarim havzasidan Jungriyaga surgun qilinib, bu yerlarni mustamlaka qilish va aholini qayta koʻpaytirishga jalb qildi.Tyler 2004, p. 67. Ilgari jungʻorlar yashagan Jungʻor havzasida hozir qozoqlar yashaydi.Tyler 2004, p. 4.

Sinlar Shinjonni birlashtirib, uning demografiyasini oʻzgartirdi.Liu & Faure 1996, p. 71. Shimoliy Shinjonning aholi punktlari sonining qisqarishi sinliklarning shimolga manchu, sibo (xibe), daurlar, solonlar, xan xitoylari, xuey musulmonlari va musulmon taranchilarni joylashtirishiga olib keldi. Koʻchmanchilarning eng koʻp qismini Xan xitoylari va xuey migrantlari tashkil etdi. Buddist Öölod (Jungʻorlar) ning Sinlar tomonidan tor-mor etilishi islomni targʻib qilishga va janubiy Shinjonda musulmon beklarining kuchayishiga hamda musulmon taranchilarning Shinjonga koʻchishiga olib kelganligi sababli Genri Shvars tomonidan „Sinlar gʻalabasi, qaysidir maʼnoda Islomning gʻalabasi“ deya taʼkidlanadi.Liu & Faure 1996, p. 72. Shinjon geografik oʻziga xoslik sifatida Sinlar tomonidan yaratilgan va rivojlangan. Aynan Sinlar mintaqada musulmonlarni hokimiyatiga olib keldi, moʻgʻullar kuchi Sinlar tomonidan magʻlubiyatga uchratilgach, musulmon madaniyati va oʻziga xosligi qabul qilinib, hatto targʻib qilingan.Liu & Faure 1996, p. 76. 1760-yildan 1820-yilgacha Xan dehqonlari tomonidan 1 million mu (17000 akr) dasht yaylovlardan qishloq xoʻjaligi yerlariga aylantirilgandan soʻng, Sinlar Jungriyaga Shinjon nomini berdi.Marks 2011, p. 192.

Ayrimlar Sinning aholi yashash joylari va dehqonchilik uyushmalarini tashkil etish kabi harakatlarini Shinjondagi zamonaviy vaziyatdan kelib chiqib, ularni oʻz yerlarida uygʻurlarga qarshi fitna sifatida koʻrsatishga harakat qilgan boʻlsa-da, professor Jeyms A. Millvord Sinlar qishloq xoʻjaligi koloniyalarining uygʻurlar va ularning yerlari bilan hech qanday aloqasi yoʻq edi. Sinlar haqiqatda xan xitoylarining uygʻurlar yashovchi Tarim havzasi vohalari hududida joylashishini taqiqlab qoʻydi va aslida xan koʻchmanchilarini uygʻur boʻlmagan Jungriya va yangi Urumchi shahriga joylashishga yoʻnaltirdi. 1760—1830-yillarda 155 ming xan xitoylari joylashgan davlat xoʻjaliklarining barchasi Jungriya va Urumchida boʻlib, u yerda arzimagan sondagi uygʻurlar yashagan.Millward 2007, p. 104.

Jungʻor genotsidi 1776-yilda Jinchuan Tibet xalqini Sinlar tomonidan yoʻq qilinishi bilan taqqoslanadi.Theobald 2013, p. 21.