Bekzod Mahamadjonovich Abdurahmonov (1990-yil 15-martda) – oʻzbek erkin kurashchisi, 2014-2018-yillarda Osiyo oʻyinlari ikki karra chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori, 2016-yil Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi hamda Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori. Keyinchalik sport sohasidagi yutugʻi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchiO nagrajdenii gruppi sportsmenov i trenerov, dobivshixsya visokix rezultatov na XXXMII letnix Olimpiyskix igrax v gorode Tokio President.uz va „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan. Tarjimai hol U 1990-yil Toshkentda tugʻilgan. 2012-2013- yillarda xalqaro New-York Atletic janglarida 4-oʻrinni egallagan. 2014-yilda u Deyv Shuls xotirasiga bagʻishlangan turnirning kumush medaliBekzod Abduraxmanov: „Vernus v MMA posle Olimpiyskix igr“ Wrestdag.ru va Osiyo oʻyinlari chempioni, shuningdek, jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. 2015-yil Bokudagi Oltin Gran-pri finalida gʻalaba qozondiBekzod Abduraxmonov stal pobeditelem Golden Gran-pri v Baku Uznews.uz.
2016-yilda u tailandlik Padipat Vantavong, latviyalik Albert Yurchenko, avstriyalik Amirxon Visalimov, qirgʻizistonlik Sayakbay Usupov va ispaniyalik Taymuraz Friyevni magʻlubiyatga uchratib, Rio-de-Janeyro Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdiBekzod Abduraxmanov i Abbos Raxmanov zavoevali putevki na Igri v Rio Uz.sputniknews.ru. Ammo 1/8 finalda rossiyalik Aniuar Geduyevga, uchinchi oʻrin uchun kurashda ozarbayjonlik Jabroil Gasanovga yutqazib, finalga chiqa olmadi.
2018-yil Budapeshtda oʻtkazilgan erkin kurash boʻyicha jahon chempionatida Abdurahmonov ikkinchi bronza medalini qoʻlga kiritdi. Unvon va mukofotlari «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» faxriy unvoni Manbalar
Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:15-martda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari