Harakatlanuvchi tasvir muzeyi (Museum of the Moving Image) — Astoriya deb nomlanadigan Kuins mavzesidagi kino, televizor, video va kompyuter oʻyinlari muzeyi.

1916-yilda Kino magnatlari Jessi Laski va Adolf Sukor oʻz studiyalarini birlashtirib, „Famous Players-Lasky“ kompaniyasini tashkil qilishdi va filmlar suratga olish uchun Nyu-Yorkda „Kaufman Astoriya studios“ studiyasi qurilgan. Bu yerda aka-uka Marksning ilk filmlari va kinematografiya tarixida oʻz izini qoldirgan baʼzi boshqa filmlar yaratilgan.

1970-yilda uzoq vaqtdan beri boʻsh turgan kinostudiyaning binolarini buzish haqida gap ketganda, uchastka Astoriya jamgʻarmasi tomonidan sotib olingan. 1988-yilda ushbu hududda AQSHda toʻliq kinematografiya tarixiga bagʻishlangan, eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan kinozalli birinchi muzey ochildiStephen Holden. From Tut to Taylor, Moving-Image Museum Captures Film History (англ.). The New York Times (30 августа 1988). Дата обращения: 1 мая 2014..

2008-2011-yillarda muzeyda keng koʻlamli rekonstruksiya amalga oshirildi, buning natijasida uning maydoni ikki baravar koʻpaydi. Kengaytirish muzey vasiylariga 67 million dollarga tushdi.

Harakatlanuvchi tasvir muzeyi nafaqat nodir kinolarni katta ekranda tomosha qilish, balki yangi premyeralarga bagʻishlangan davra suhbatlarini ham oʻtkazish imkoniyatini beradi. Geymerlarni „Astoriyaga“ videooʻyinlar va tegishli jihozlarning katta kolleksiyasi jalb qiladiJason Hill. Museum piece (англ.). The Sydney Morning Herald (6 марта 2008). Дата обращения: 1 мая 2014..

Manbalar

Havolalar Официальный сайт музея Архитектурное решение Turkum:Nyu-York Muzeylari Turkum:dunyo Sinematlari Turkum: 1988-yilda AQShda paydo bo'lgan