right|thumb|338x338px|Tequila Sunrise "Koʻtarilayotgan quyosh" (, " Tequila Sunrise ") — tekila, grenadin va apelsin sharbati negizida tayyorlanuvchi alkogolli kokteyl. Long drink sifatida tasniflanadi. Xalqaro barmenlar uyushmasi (IBA) rasmiy kokteyllaridan biri hisoblanadi. Toifasi „Zamonaviy klassika“ () .
Tarixi Rising Sun kokteyli 1930 va 1940-yillarda barmen Gene Sulit tomonidan Arizona-Biltmor mehmonxonasida ixtiro qilingan. Dastlabki retseptga tekila, qoragʻat likyori, laym sharbati va sodali suv kirganThe Wright Bar at the Arizona Biltmore.
Kokteyl oʻz nomini ( — „quyosh chiqishi“) tashqi koʻrinishi uchun olgan. Tarkibidagi zich komponentlar (qoragʻat likyori yoki anor siropi), sharbat va tekila aralashmasidan finjon tubiga tubiga joylashib, shafaqni eslatuvchi ranglar jilosini aks ettiradi.
„Tequila Sunrise“ va " Margarita " kokteyllarining mashhurligi 70-80-yillarda tekila isteʼmolini bir necha barobar oshishiga sabab boʻldi.
Retsept va tarkibi IBA retsepti boʻyicha tarkibi:
45 ml tekila 15 ml grenadin 90 ml apelsin sharbati
Tayyorlanishi Tekila va apelsin sharbati muz ustidan „highball“ finjoniga quyiladi. Pastga tushadigan grenadin qoʻshiladi. Aralashtirilmaydi. Apelsin tilimi yoki apelsin va kokteyl gilosi bilan bezalib, dasturxonga tortiladi.
Klassik retseptning „Quyosh botishi“ yoki „Tequila sunset“ deb ataluvchi namunalari ham boʻlib, ( — „quyosh botishi“), unda kokteylga qora tus berish uchun chernika brendi ishlatiladi.
Ommaviy madaniyatda
Kokteyl Rolling Stones guruhi tufayli mashhur boʻlgan degan taxmin mavjud, guruh aʼzolari 1972-yilgi Amerika boʻylab gastrollarda Tequila Sunriseni boshqa barcha ichimliklardan afzal koʻrishgan. Xuddi shu nomdagi qoʻshiq Eagles guruhining birinchi xitlaridan boʻlib (1973-yilda Billboard № 61), Desperado albomida hamda singl sifatida chiqarildi. 1988-yilda bosh rollarni Mel Gibson va Mishel Pfayfer ijro etgan „Tequila Sunrise“ filmi katta ekranlarga chiqdi. Cypress Hill guruhining Cypress Hill IV albomida 10-raqamda „Tequila Sunrise“ qoʻshigʻi joylashgan.
Yana qarang
Tekila Bum
Eslatmalar
Havolalar
Xalqaro barmenlar assotsiatsiyasi veb-sayti Arxivnaya kopiya -da arxivlangan ) IBA veb-saytida Tequila Sunrise kokteyli Arxivnaya kopiya -da arxivlangan ) Kokteyl Tequila Sunrise Rossiya Barmenlar Uyushmasi veb-saytida