Isamat Isoqovich Ergashev (1945-yili 22-fevralda Chimkentda dunyoga kelgan) — sovet va oʻzbek kinorejissori, ssenariychi, teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2000).
Tarjimai hol Isamat Ergashev 1945-yil 22-fevralda Qozogʻistonning Chimkent shahrida tugʻilgan. Aktyor oilada eng katta farzand boʻlib, uning bir ukasi va bir singlisi boʻlgan.
U yoshligidan aktyorlikka qiziqqani bois, ota-onasining qarshiligiga qaramasdan, maktabni tamomlagach Toshkentga kelgan hamda, Toshket teatr va rassomchilik sanʼati oliygohida tahsil olgan. Bu maskanda oʻqish bilan birga, qilichbozlik sport turi bilan ham shugʻullangan. Institutni tamomlagach, Oʻzbek milliy akademik drama teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. “Yosh gvardiya” tomoshabinlar davlat teatrida ham u turli rollar ijro etgan.
1972-yilga kelib aktyor teatrni butunlay tark etgan va oʻz faoliyatini kinoaktyor sifatida davom ettirgan.
Aktyorni xalqqa tanitgan roli bu "Mehrobdan chayon" filmidagi Anvar obrazi boʻlgan. Aynan shu roli bilan u nafaqat Oʻzbekistonda, balki Oʻrta Osiyodagi davlatlar orasida katta mashhurlikka erishgan. Isamat Ergashev oʻz faoliyati davomida bugungacha "Sevgi afsonasi“,”Yettinchi jin", "Begona bahor", "Osiy banda" va "Mergan militsiya" kabi 40 oshiq filmlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari u rejissor sifatida "Temir xotin“, ”Sharif-Marif" va "Amir Temur" kabi 20 ga yaqin, bizga tanish filmlarni suratga olgan.
Filmografiyasi
1965 — Natashaxonim — Sobir 1966 — Sayatning qoʻngʻirogʻi — Razzoq 1966 — Kaniyut gʻorining siri 1967 — Xiyonat — Karim 1967 — General Rahimov 1968 — Vatan oʻgʻlonlari — kanslager asiri 1968 — Qizil qumlar 1972 — Tashvish davri 1973 — Unutilgan oʻtmish siri — Said 1973 — Zulmatdan qochish 1973 — Salom, mehribon inson 1975 — Oʻzligingni angla (TV) 1976 — Yettinchi jin (TV) 1976 — Yilning toʻrt fasli 1978 — Xorazm afsonasi 1979 — Yomgʻir (TV) — Aziz 1979 — Chinor ostidagi duel 1982 — 107 yoʻriqnomasi boʻyicha burilish — adyutant 1983 — Garov (1983) — Daler 1985 — Sevgi afsonasi (TV) 1985 — Leytenant Nekrasov aybdor 1988 — Shok 1989 — Sherali va Oybarchin 1993 — Sharif va Marif 2005 — Goʻzallik siri 2011 — Osiy bandaИСАМАТ ЭРГАШЕВ Kino-teatr.ru
Rejissorlik ishi
Buyuk Amir Temur (1996) Sharif i Marif (1993) Temir xotin (TV, 1990)Исамат Эргашев Kinopoisk.ru
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:22-fevralda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Turkum:Kishilar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:O‘zbekiston kinorejissyorlari