right|260x260px Tajin yoki tagin (Kabilsk taǧin) — Magʻrib mamlakatlarida mashhur boʻlgan goʻsht va sabzavotli taom. Shuningdek, mazkur taom tayyorlanadigan maxsus idishdir.
Idish Tajin avvaldan baland konussimon qopqoq bilan mahkam yopiladigan katta sopol idish boʻlgan.
Taom bir necha soat davomida dimlanadi. Bu jarayonda koʻtarilgan bugʻ qopqoqning yuqoridagi nisbatan sovuq qismida kondensatsiyalanadi va pastga qaytib tushadi.
Pastki qismda kondensatsiyalangan suyuqlik idishidan bug 'va taom isining tashqariga tarqalishiga toʻsqinlik qiladi.
Bunday idishlarning kelib chiqishini yuqori haroratli iqlim taqazo qilgan.
Taom
Marokash va Jazoir left|thumb|250x250px| Marokash uslubidagi Tajin Marokash va Jazoirda tajin hayvon yoki parrandalarning yirik suyakli goʻshtlari va sabzavotlar (pomidor, kartoshka, baqlajon, piyoz)dan tayyorlanadi. Turli xil ziravorlar, asal, mevalar, rezavorlar solinadi. Goʻsht qovurilmaydi (yoki uzoq dimlangangach, bir oz qovurib olinadi). Sabzavot, goʻsht va ziravorlar tajinga solinadi, suv qoʻshilmaydi. Nihoyatda past olovda bir necha soat davomida oʻzidan ajraladigan shoʻrvasida pishiriladi.
Tunis thumb|250x250px| Tunischa tajin Tunis tajini omletga oʻxshab ketadi. Goʻsht yoki parranda goʻshti mayda toʻgʻralib, unga quyuq massa beruvchi (loviya, noʻxat, kartoshka) mahsulot qoʻshiladi va past olovda dimlanadi. Soʻng ziravorlar, pishloq va tuxum solinadi. Massani chuqur sopol idishga oʻtkazib, pechda yoki duxovkada usti biroz qotgunigacha pishiriladi.
Magʻrib yahudiylari Tajin- Magrib yahudiylari (Sefardlar) oshxonasining muhim qismidir. Marokash, Jazoir, Tunis va Liviyalik yahudiylarning Sefard oshxonasida keng tarqalgan. Shuningdek, u Fransiya, AQSh va albatta Isroilning Sefard jamoalarida sevib isteʼmol qilinadi. Koʻpincha Shabbat va yahudiylarning boshqa bayramlarida dasturxonga kuskus bilan birga tortiladi.
Manbalar
Marokan taomlari Tunis taomlari Idish