thumb|Muz bilan Aojiru Aojiru (yangi, „yashil sharbat“) – vitaminlarga boy, karam yoki boshqa yashil sabzavotlardan tayyorlangan yapon sabzavotli ichimligi . Zamonaviy yapon tilidagi „“ (AO) iyeroglifi koʻk yoki koʻk-yashil rangni bildiradi, u ham yashil oʻsimliklarni belgilash uchun ishlatiladi. Yangi tayyorlangan sabzavot yoki eruvchan kukun ichimlik biologik faol qoʻshimcha sifatida ishlatiladi. Aojiru Xitoyning maxsus choylaridan hisoblanadi.

Tarixi Aojiru 1943-yil oktabr oyida armiya shifokori doktor Niro Endo (遠藤仁郎, Endō Nirō) tomonidan yaratilgan. U urush davrida oilasining kamtarona oziq-ovqat ratsionini boyitish maqsadida turli sabzavotlarning tashlab yuboriladigan barglaridan siqib olingan sharbatlar bilan tajribalar o‘tkazgan. Doktor Endo o‘g‘lining pnevmoniyadan, rafiqasining esa nefrit kasalligidan tuzalishini aojiruga bog‘lagan. 1949-yilda esa sharbat uchun eng yaxshi tarkibiy qism karam (kale) ekanligi xulosasiga kelgan.

Aojiru 1983-yilda Q'SAI (キューサイ) kompaniyasi tomonidan ommalashtirilgan. Kompaniya 100% karamdan tayyorlangan aojiruni kukun shaklida biologik faol qo‘shimcha sifatida sotishni boshlagan. 2000-yildan keyin esa kosmetika sanoatining yirik kompaniyasi FANCL sharbatni ommaviy chakana savdoga chiqargach, aojiru savdosi keskin oshgan. . Bugungi kunda Yaponiyada ko‘plab kompaniyalar aojiru ishlab chiqaradi. Odatda ichimlikning asosiy tarkibi sifatida karam (kale), yosh arpa yoki komatsuna barglaridan foydalaniladi. 2005-yilga kelib aojiru bozori hajmi 500 million AQSh dollaridan ancha oshgan.

1990-yilda aktyor va sobiq beysbolchi Nobuo Yana ichimlikni targ‘ib qilish uchun Q'SAI kompaniyasi tomonidan reklama qahramoni sifatida yollangan. Uning aojiru haqidagi shaxsiy taassurotlari reklamaning mashhur shioriga sabab bo‘lgan: “Juda bemaza! Yana bittasini ichaman.” (Mazui! Mou ippai — まずい!もう一杯 ). Iste’mol qilish

Aojiru vitaminlar va minerallarga boy boʻlib, parhez ovqatlanish, kosmetologiya va dori-darmonlarga qoʻshimcha ravishda biologik faol qoʻshimchalar sifatida keng qoʻllanadi. Sharbat antioksidant xususiyatlarga ega, hazm qilishni normallashtiradi, diabet bilan kassallangan bemorlarning holatini yaxshilaydi, allergik reaktsiyalarning keskinligini pasaytiradi. Aojiruning hujayra immunitetiga ijobiy taʼsiri isbotlangan. Bir portsiya aodziru tarkibida bir shisha sutdagidek koʻp kaltsiy, C vitaminidagi uchta pomidor va A vitaminidagi beshta pomidorga teng. 180 ml dan ikki portsiya vitamin va minerallarga boʻlgan kunlik ehtiyojni toʻliq qondiradi Ogawa K., Nakada K., Yamashita S., Hasegawa T., Moriguchi S. Beneficial effects of the vegetable juice Aojiru on cellular immunity in Japanese young women // Nutrition Reseach v. 24, i. 8, p. 613—620. – 2004, Aug...

Aojiruning taʼmi juda yoqimsiz, chunki Yaponiya televideniya tanlovlarida umumiy qabul qilingan jarima sifatida bu ichimlikning bir qadah ichishga majbur. Ishlab chiqaruvchilar aodziruning asl achchiq taʼmini yaxshilash choralarini koʻrmoqda.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha taomlar Turkum:Sabzavotli taomlar Turkum:Biologik faol qo'shimchalar Turkum:Sabzavot sharbatlari Turkum:Yapon ichimliklar Turkum:Cite web (noma'lum til)