Sudaporn Seesondee (tugʻ. 1991-yil 4-oktyabr) — tailandlik bokschi, 60 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Tailand terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori. 2014 va 2018-yilgi Jahon chempionati, 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi.
Faoliyati Sudaporn Seesondee 60 kg gacha vazn toifasida mamlakat chempionatining besh karra gʻolibi (2010, 2012, 2015). 2014-yilda Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 60 kg boʻlgan vazn toifasida u bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 60 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yilda Hindistonda ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 1/2 final uchrashuvida koreyalik sportchi O Yon Dji bilan uchrashib, 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, Jahon chempionati finaliga yoʻl olgan. Finalda u irlandiyalik sportchi Kellie Harrington 2:3 hisobida yutqazganhttps://www.insidethegames.biz/articles/1072608/mary-kom-becomes-first-first-female-boxer-to-win-six-golds-at-aiba-womens-boxing-world-championships.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 60 kg vazn toifasida tailandlik sportchi yarim finalga qadar yetib bora olgan. Musobaqa davomida Ekvador, Hindiston va Buyuk Britaniya sportchilari nokautga uchradi. Yarim finalda u Kellie Harringtonga yutqazib, oʻyinlarning bronza medalini qoʻlga kiritganhttps://www.independent.ie/sport/other-sports/olympics/im-a-little-bit-lost-for-words-im-speechless-kellie-harrington-books-place-in-olympic-final-with-tight-victory-in-tokyo-40721082.htmlhttps://olympics.com/en/olympic-games/tokyo-2020/results/boxing.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:4-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:Ayol bokschilar