The Batman —– 2022-yili katta ekranlarga chiqarilgan superqahramonlar haqidagi film boʻlib, DC Comics tomonidan yaratilgan Batman personajiga asoslangan. DC Films, 6th & Idaho va Dylan Clark Productions studiyalari tomonidan ishlangan hamda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan. Batman film franshizasining qayta ekranlashtirilgan qismi boʻlgan ushbu filmga Matt Reeves rejissorlik qilgan. Film ssenariysi Reeves va Peter Craig tomonidan yozilgan. Bosh rollarni Robert Pattinson Bruce Wayne (Batman) , Zoë Kravitz, Paul Dano, Jeffrey Wright, John Turturro, Peter Sarsgaard, Andy Serkis va Colin Farrell ijro etishgan. Film Gotham shahrida ikki yildan beri jinoyatga qarshi kurashib kelayotgan Batman Gotham elitasini nishonga olgan seriali qotil boʻlmish Riddler (Dano) ni taʼqib qilish chogʻida korrupsiyani fosh etishi haqida hikoya qiladi.

The Batman 2022-yil 1-mart sanasida Manhattandagi Lincoln Centerda premyera qilingan. Kinoteatrlarga shu yilgning 4-mart sanasidan boshlab chiqarilgan. Film $185–200millionlik budjet asosida suratga olinib, dunyo boʻylab $770million daromad qilgan holda 2022-yilning beshinchi eng kassabop filmi boʻlgan. Film kinotanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan.

Syujeti

Rollarda

Rol Aktyor Bruce Wayne / Batman Robert Pattinson Selina Kyle / Mushuk ayol Zoë Kravitz Edward Nashton / Riddle Paul Dano James Gordon Jeffrey Wright Carmine Falcone John Turturro Gil Colson Peter Sarsgaard Alfred Pennyworth Andy Serkis Oswald „Oz“ Cobblepot / Pingvin Colin Farrell Bella Reál Jayme Lawson Don Mitchell Jr. Rupert Penry-Jones Komissar Pete Savage Alex Ferns Xoʻjayin Mackenzie Bock Con OʻNeill Joker Barry Keoghan (epizod rolda)

Musiqasi Trek-list Filmdagi barcha musiqalar Michael Giacchino tomonidan bastalangandir.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2022-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Matt Reeves filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar