"Parizod" – 2012-yilda Kinoshok kinofestivalida „Zolotaya loza“ Gran-prisiga sazovor boʻlgan, rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan badiiy film. Film „Oʻzbekkino“ Milliy agentligi buyurtmasiga asosan "Oʻzbekfilm " kinostudiyasida suratga olingan.„Parizod“ – obladatel gran-pri mejdunarodnogo festivalya „Kinoshok“. 25 sentyabrya 2012 // UzDaily Bundan tashqari mazkur film Nyu Yorkda boʻlib oʻtgan Ovrosiyo film festivalida „Eng yaxshi rejissura“ nominatsiyasida gʻolib chiqdi.https://www.amerikaovozi.com/a/parizod-ayub-shaboddinov-interview/2977617.html
Syujeti Filmda Jonibek ismli mehribon odam togʻda bir farishtanamo, parilarga oʻxshash, afsonaviy husn sohibasi boʻlgan bir yolgʻiz qizni uchratib qoladi. Qizni tanish-bilishlarga turmushga berishmoqchi boʻlishadi. Ammo potentsial daʼvogar kuyovlar qizni birin-ketin rad etishadi, chunki uning goʻzalligi, sofligi va soddaligi ortida kuchli bir narsa yashiringaniga ishonishadi. Qizni oʻziga ravo koʻradigan erkak topilmaydi. Film ijodkorlarining soʻzlariga koʻra film bugungi kunimizda ham, oramizda gʻayritabiiy ham qandaydir ilohiy kuchga ega insonlar paydo boʻlishi mumkin va ular tirikligida, borligida ularning qadriga yetish kerakligini ilgari suradi.https://www.bbc.com/uzbek/lotin/2013/08/130829_latin_talkingpoint_ayud_shahobiddinov
Rollarda Zarina Nizomiddinova Samiddin Lutfullayev Baxtiyor Qosimov Dilorom Karimova Lola Eltoyeva
Mukofotlari va namoyishlari "Parizod" filmi dunyoning qator mamlakatlarida namoyish etildi. Xususan Shanxay Xalqaro Kinofestivalida maxsus namoyish etildi. Buyuk Britaniyaning Kembrij Universitetida, AQShdagi Jorj Vashington nomidagi universitetda va yana bir nechta AQSh, Koreya va Oʻzbekistondagi Universitetlarda namoyish etildi. Parijda „Adabiyot va Kino kunlari“ doirasida „Parizod“ filmi maxsus premyera qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Toshkentdagi vakolatxonasida ham film namoyishi boʻlib oʻtgan.https://filmfreeway.com/Colorlessdreams#:~:text=Ayub%20Shakhobiddinov%20was,Office%20in%20Tashkent. +MukofotlarFestival nomiNominatsiyasiMamlakat1Kinoshokhttps://ria.ru/20120923/757515008.htmlhttps://www.ozodlik.org/a/24718563.htmlGran-priRossiya2Nyu York Yevrosiyo film festivalihttps://www.rferl.org/a/uzbekistan-film-industry-quantity-versus-quality/24745666.htmlEng yaxshi rejissorlik ishiAQSh3"Volokolamsk chegarasi" xalqaro film festivaliEng yaxshi ayol aktrisaRossiya4"Nika" festivali"MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining eng yaxshi filmi" (nominant)Rossiya5"Eng ulugʻ eng aziz" respublika tanlovi1-oʻrin (Dramaturgiya)Oʻzbekiston
Havolalar
Turkum:2012-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Ayub Shahobiddinov filmlari