Geoffrey Chaucer (; 1340-yillar – 1400-yil 25-oktyabr) – ingliz shoiri va yozuvchisi. „The Canterbury Tales“ („Canterbury hikoyalari“) asari bilan tanilgan. Chaucer Westminster abbatligidagi „Shoirlar burchagi“ deb nomlangan joyga dafn etilgan ilk yozuvchi hisoblanadi. U, shuningdek, faylasuf va astronom sifatida ham shuhrat qozonib, oʻn yashar oʻgʻli Lewis uchun „A Treatise on the Astrolabe“ („Usturlab haqida risola“) ilmiy asarini yozgan. Yozuvchilikdan tashqari, byurokrat, saroy amaldori, diplomat va parlament aʼzosi oʻlaroq faoliyat yuritgan.

Chaucerning boshqa mashhur asarlari qatoriga „The Book of the Duchess“, „The House of Fame“, „The Legend of Good Women“ va „Troilus and Criseyde“ asarlari ham kiradi.

Hayoti Ayrim maʼlumotlarga koʻra, Geoffrey Chaucer 1340-yillarning boshlarida Londonda tugʻilgan boʻlishi mumkin, ammo tugʻilgan kunining aniq sanasi va qayerda tugʻilganligi nomaʼlum. Chaucerning bobosi taverna qoʻriqchisi, vino sotuvchisi boʻlib ishlagan. Otasi John Chaucer qirollik buyrugʻi bilan mamlakatdagi muhim vino savdogarlaridan biriga aylangan. Geoffrey Chaucer oilasining bir necha oldingi avlodlari savdogarlar boʻlishgan. Uning familiyasi fransuzcha chaucier soʻzidan olingan boʻlib, bir vaqtlar „poyabzalchi“ degan maʼnoni anglatadi. Biroq ushbu soʻz hozir shlang yoki tayta ishlab chiqaruvchi degan maʼnoni anglatadi.

1324-yilda uning otasi John Chaucer xolasi tomonidan oʻgʻirlab ketilgan, bundan maqsad John Chaucerni oʻzining 12 yoshli qiziga uylantirish va bu orqali tegishli mulkni saqlab qolish boʻlgan. Biroq keyinchalik Chaucerning xolasi qamoqqa tashlangan va 250 funt sterling miqdorida jarimaga tortilgan. Bu pul miqdori hozirgi kunda taxminan funt sterlingga teng boʻlib, bunday miqdordagi mulkka ega oilaning moliyaviy jihatdan yaxshi sharoitda ekanligini koʻrsatadiSkeat, W. W., ed. The Complete Works of Geoffrey Chaucer. Oxford: Clarendon Press, 1899; Vol. I, pp. xi–xii..

John Chaucer 1349-yilda Agnes Coptonga uylangan. Agnes Copton amakisi tomonidan 1354-yil 3-aprelda yozilgan vasiyatnomaga koʻra 24 ta doʻkon merosxoʻri boʻlgan.

Faoliyati Choser davlat xizmatchisi boʻlgani sababli uning rasmiy hayoti haqida koʻplab maʼlumotlar hujjatlashtirilgan. Uning karyerasiga guvohlik beruvchi besh yuzga yaqin yozma maʼlumotlar mavjudSkeat (1899); Vol. I, p. xvii.. Shuningdek, Gauffrey saroy aʼzosi, diplomat va davlat xizmatchisi boʻlib ham ishlagan, shuningdek, 1389-yildan 1391-yilga qadar qirolning ishlari boʻyicha kotibi sifatida faoliyat yuritgan.

1359-yilda, Yuz yillik urushning dastlabki bosqichlarida Edward III Fransiyaga bostirib kirgan va Chaucer Elisabethning turmush oʻrtogʻi bilan Lionel bilan ingliz armiyasi tarkibida sayohat qilgan. 1360-yilda Chaucer Rheims qamalida qoʻlga olingan. Edward uning ozod qilinushi uchun 16 funt sterling toʻlaganChaucer Life Records, p. 24. va Chaucer ozod qilingan.

Asarlari The Book of the Duchess (1369) The Parliament of Fowls (1380) The House of Fame (1380) The Legend of Good Women Troylus and Cryseyde The Canterbury Tales (1386)Encyclopedia Britannica The Book of the Lion Romaunt of the Rose (tarjima) De Consolatione Philosophiae (tarjima) Treatise on the Astrolobe (tarjima)

Manbalar

Adabiyotlar

Fruoco, Jonathan, ed. and transl. (2021). Le Livre de la Duchesse: oeuvres complètes (Tome I). Paris: Classiques Garnier, ISBN 978-2406119999.

Fruoco, Jonathan (2020). Chaucer’s Polyphony. The Modern in Medieval Poetry. Berlin-Kalamazoo: Medieval Institute Publications, De Gruyter. .

Havolalar

Chaucer bibliografiyasi (inglizcha) Chaucer sahifasi – Harvard universiteti (inglizcha)

Turkum:1343-yilda tugʻilganlar Turkum:1400-yilda vafot etganlar Turkum:Ingliz yozuvchilari Turkum:Ingliz shoirlari Turkum:Faylasuflar Turkum:Astronomlar