Kim Yo Chjon (, kontsevichga koʻra — Kim Yeojon yoki Kim Yeo Jong ; 26-sentabr 1987-yil, Pxenyan, KXDR) — Shimoliy Koreya siyosiy, davlat va partiya yetakchisi, 2021-yildan Koreya Mehnat partiyasi (KMP) Markaziy qoʻmitasining tashviqot va tarğibot departamenti direktori oʻrinbosari., 2015—2021-yillarda u KMP Markaziy Qoʻmitasining tashviqot va tarğibot boʻlimi mudirining birinchi oʻrinbosari, 2017-yildan KMP Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod boʻlgan. 2019-yil, keyin esa 2020-yildan 2021-yilgacha. KXDR oliy rahbari Kim Chen Inning singlisi, KXDR sobiq rahbari Kim Chen Irning qizi va KXDR asoschisi va abadiy prezidenti Kim Ir Senning nabirasi.
Biografiyasi
Shaxsiy hayoti Koreya Respublikasi Birlashish vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Kim Yo Chjon 1988-yilda Pxenyanda tugʻilgan, Janubiy Koreyaning boshqa manbalariga koʻra, 1987-yil 26-sentyabrda. AQSh Moliya vazirligi tugʻilgan sanani 1989-yil 26-sentyabrda deb koʻrsatadi. Akasi Kim Chen In bilan yaqin munosabatlarga ega hamda u bilan 1996-yildan 2000-yilgacha Shveysariya va Shimoliy Koreyada birga oʻqiganNorth Koreaʼs New Propagandist?. Vataniga qaytgach Kim Ir Sen nomidagi Harbiy universitetda tahsil olganKim Yo Jong. U Kim Ir Sen universitetida informatika boʻyicha tahsil olgan, mish-mishlarga koʻra, u yerda kichikligida Shimoliy Koreya rasmiylari tomonidan oʻgʻirlab ketilgan Megumi YokotaningAbducteeʼs daughter is favorite of Kim’s sister qizi ham oʻqigan.
2015-yil yanvar oyida u hukumat amaldori Chxve Ryong XeningKim Jong Unʼs Little Sister Married Son of Top Regime Official, Report Says ikkinchi oʻğli Chxve Songa turmushga chiqqanNK leader’s sister weds son of Choe Ryong-hae: sources. Biroq, Janubiy Koreya manbalari bu maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligini tan olishadi. Kim Yo Chjon 2015-yilning may oyida farzand koʻrishini kutayotgan edi. Jamoatchilikka nomaʼlum boʻlgan ota Kim Ir Sen universiteti bitiruvchilaridan biri yoki partiyaning 39-byurosining amaldori yoki mamlakat rahbarini himoya qilish uchun masʼul boʻlgan harbiy qismda ishlaydiKim Jong-unʼs Sister to Have Baby in May
Karyera left|thumb|250x250px| 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Kim Yo Chjon, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In va Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti Mayk Pens 2010-yil sentyabr oyida Koreya mehnat partiyasining uchinchi konferensiyasida u tasodifan kamera obyektiviga tushib qolgan.
U 2011-yil dekabr oyida Kim Chen Irning dafn marosimida, u akasi Kim Chen In yoki markaziy amaldorlarning yonida bir necha bor paydo boʻlganida, hatto dafn qoʻmitasi aʼzosi boʻlmaganiga qaramay, ommaga tanilgan edi va uni hech qachon ommaviy axborot vositalarida nomi tilga olinmagan edi. 2012-yil boshida u Milliy Mudofaa Komissiyasiga turizm boʻyicha menejer lavozimiga tayinlanadi, biroq bu haqda ommaviy axborot vositalarida xabar qilinmaydi, faqat 2012-yil noyabr oyida Koreya markaziy televideniyasi uni Kim Chen Inni harbiy maydonda kuzatib borayotganini koʻrsatganNORTH KOREA NEWSLETTER NO. 237 (22-Nov. 2012-yil). Kim Yo Chjon haqida ilk marta 2014-yil 9-mart kuni u akasi bilan KXDR Oliy xalq assambleyasida ovoz berishda ishtirok etganida rasman tilga olingan edi. Keyin Kim Yo Chjon KMP Markaziy Qoʻmitasining „yuqori martabali amaldori“ sifatida tanildi.
2014-yil yanvar oyida u KMPning 54-boʻlimi boshligʻi boʻldi, uning vazifalari qurolli kuchlarni moddiy taʼminlashni oʻz ichiga olardi. Xuddi shu yili u Oliy xalq majlisi deputati etib saylandiSemeyniy podryad: chto izvestno o sestre Kim Chen Ina i eyo novom gosudarstvennom naznachenii.
left|thumb|250x250px| Kim Yo Chjon 2018-yildagi Tinchlik uyidagi muzokaralarda 2014-yil oktyabr oyida, ommaviy axborot vositalarining xabarlariga koʻra, u bir oydan koʻproq vaqt davomida jamoatchilikka koʻrinmagan va davolanayotgan kasal akasining davlat vazifalarini oʻz zimmasiga olganHas Kim Yo-Jong Taken Over For Kim Jong Un? Sister Assumes North Korea State Duties While Brother Undergoes Medical TreatmentKNDR pod vlastyu jenщini: chego jdat ot Kim Yo Chjon.
2014-yil 27-noyabrda u KMP Markaziy Qoʻmitasining tashviqot va tarğibot boʻlimi direktorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2015-yil iyul oyida xabarlarga koʻra, u amalda boʻlim boshligʻi, Kim Ki Nam esa nomzod direktor boʻlgan. U, shuningdek, vazir oʻrinbosari lavozimini egallaydi va muntazam ravishda Kim Chen Inga safarlarida hamrohlik qiladi. Aytishlaricha, u mamlakatda bobosi Kim Ir Senga taqlid qilingan holda akasining shaxsiga sigʻinishning rivojlanishiga hissa qoʻshgan. KXDRdan qochgan va sobiq diplomat Tae Yunxo 2017-yilda Kim Yo Chjon mamlakatdagi barcha yirik ommaviy tadbirlarni uyushtirishini maʼlum qilganSister helps Kim strut his stuff as key missile test loomsMeet Kim Yo-jong, the sister who is the brains behind Kim Jong-unʼs image
2017-yil yanvar oyida u KXDRda inson huquqlari buzilgani uchun AQSh moliya vazirligining „qora roʻyxati“ga kiritilganU.S. blacklists North Korean officials over rights abuses
2017-yilda u KMP Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod etib tayinlandi. U ushbu lavozimga tayinlangan ikkinchi ayol boʻldiKim Jong Un praises nuclear program, promotes sister. right|thumb|230x230px| Kim Yo Chjon 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida 2018-yil 9-fevral kuni Kim Yo Chjon Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu Koreya urushidan keyin hukmron Kim sulolasi vakilining Janubiy Koreyaga birinchi marta tashrif buyurishi ediPence skips Olympics dinner in snub to North Korean officials. U 10-fevral kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvda qatnashdi va unga Kim Chen Inning maxsus elchisi sifatida akasining shaxsiy maktubini topshirdiSouth Korean president invited to North Korea. U Kim Chen Inga 2018-yil iyun va 2019-yil fevral oylarida KXDR-AQSh sammitida hamroxlik qildi. 2020-yil mart oyida u rasmiy bayonot bilan chiqib, unda janubning harbiy mashgʻulotlar oʻtkazilishidan xavotir bildirayotganini maʼlum qildiKim Jong Un sister’s first official remarks hint at higher status.
Seuldagi Dongguk universitetining Shimoliy Koreya boʻyicha professori Kim Yon Xyonning soʻzlariga koʻra, Kim Yo Chjon va boshqalarning lavozimga tayinlanishi „Kim Chen In rejimi avvalgi Kim Chen Irdan qolgan amaldorlari bilan aloqalarni uzganidan dalolatdir va partiyadagi asosiy lavozimlarda avlodlarni almashtirish sodir boʻlmoqda“Kim Jong-unʼs sister sits just yards from the North Korean leader during speech in latest sign of her rise in status as dictator tightens his family’s grip on power.
Kim Yo Chjon 2019-yilgi parlament saylovlarida Oliy xalq majlisi deputati etib saylanadi. Biroq, u 2019-yilgi saylovlardan biroz oldin, ehtimol, kimningdir oʻlimi bilan bogʻliq ravishda eʼlon qilinmagan qoʻshimcha saylovlar natijasida Assambleyaga kirgazilgan boʻlishi mjmkinNorth Korea election: Surprise as leader Kim Jong-un 'not on ballot북 김정은, 최고인민회의 대의원 처음 빠져. Oʻsha yilning aprel oyida u qisqa muddatga partiya Siyosiy byurosidan chiqarib yuboriladi, keyin esa 2020-yil aprel oyida qayta tiklanadi(3rd LD) N.K. leader holds politburo meeting to discuss anti-virus measures.
2020-yil 21-aprelda CNN va Daily NK telekanallari AQSh va Koreya Respublikasidagi razvedka manbalariga tayanib, Kim Chen Inning sogʻligʻi yomonlashgani haqida xabar berishdi. 22-aprel kuni Yaponiyaning Asahi gazetasi Kim Yo Chjon 2019-yil oxirida Kim Chen In tashabbusi bilan va KXDRning ogʻir kasalligi fonida mamlakatning ikkinchi shaxsi lavozimiga nomzodi ilgari surilgani va u rahbar sifatida davlatni boshqarishi mumkinligiSMI: sestra Kim Chen Ina vidvinulas na rol „cheloveka nomer dva“ v KNDR haqida xabar berdi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kishilar Turkum:Korea Mehnat Partiyasi a'zolari Turkum:Pxenyanda tugʻilganlar