„Physical“ ingliz qoʻshiqchisi Dua Lipa tomonidan ikkinchi studiyaviy albomi boʻlmish Future Nostalgia (2020) uchun ijro etilgan qoʻshiqdir. Lipa qoʻshiq soʻzlarini Jason Evigan, Clarence Coffee Jr. va Sarah Hudson bilan birgalikda 1980-yillar musiqasi va Flashdance (1983) filmidan ilhomlangan tarzda yozgan. Qoʻshiqqa Evigan va Koz produserlik qilishgan. Lipa ashulada soʻzlashuv soʻzlaridan foydalanadi. Qoʻshiq soʻzlari ayol vakolatlari va instinktlariga ishonish mavzularini koʻrsatish bilan birga munosabatlarning asal oyi davrini muhokama qiladi.

„Physical“ ashulasi 2020-yil 30-yanvarda albomning ikkinchi singli oʻlaroq Warner Records leybli tomonidan chiqarildi. Musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilandi. Tanqidchilar ashulaning yuqori energiyasi va Lipaning vokaliga 1980-yillarning oʻziga xos qayta talqini oʻlaroq qarashdi. Bu tarona 2021-yilda oʻtkazilgan Brit mukofotlar topshirish marosimida „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi. Koʻplab Billboard, The Guardian va NME kabi jurnallar chop etgan yil soʻngidagi musiqiy chartlardan oʻrin oldi. Ashula Bolgariya, Xorvatiya, Isroil, Lebanon va Polsha mamlakatlari chartlarida birinchi raqamni band qildi, yana 17 ta mamlakatda esa top 10 talikka kirdi. UK Singles Chartda uchinchi raqamni egallagan bu tarona Lipaning Buyuk Britaniya musiqiy chartlarida top oʻntalikka kirgan sakkizinchi ashulasi boʻldi. Ashula, shuningdek, oʻn olti davlatda kamida oltin sertifikatini (jumladan, Braziliyada olmos, Buyuk Britaniyada platina sertifikatlari) qoʻlga kiritdi.

Qoʻshiq uchun video klip ham olingan boʻlib, unga Lope Serrano va Nicolás Méndez rejissorlik qilishdi. Klipni suratga olish jarayonlari Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtdi. Ashula klipida Lipa turfa rangli ombor sahnasida raqsga tushayotgani tasvirlanib, u animega asoslangan animatsiyalarni oʻz ichiga oladi. Video klip koʻplab yutuqlarga, jumladan 2020-yilda oʻtkazilgan MTV Video Music mukofotlari topshirish marosimida „Eng yaxshi vizual effektlar“ mukofotiga loyiq topildi.

Chartlar

Haftalik chartlar + Chart (2020-2021) Chartoʻrni (Monitor Latino) 10 (Monitor Latino) 12 (National-Report) 85 (HRT) 1 (National-Report) 27 (Monitor Latino) 17 (Eesti Tipp-40) 10 Global 200 (Billboard)}} 117 (IFPI) 9 (Plötutíðindi) 25 (Media Forest) Note: On the page, select „2020“ and „07 09-02-20 15-02-20“ in the drop-down archive and then select the second „שירים מובילים — רדיו — בינלאומי“ tab to obtain the corresponding chart. 1 (LAIPA) 14 (OLT20) Note: Select the „Chart history“ tab to obtain the corresponding chart peak. 1 (AGATA) 6 (Mexico Airplay) 8 (Monitor Latino) 12 (Airplay 100) 6 Singapur (RIAS) 17 (SloTop50) 3 (Gaon) 127 (Rolling Stone Top 100) 38 (Record Report) 48

Oylik chartlar + Chart (April 2020) Chartoʻrni (Pro-Música Brasil) 38

Yil soʻngidagi chartlar + Chart (2020) Oʻrni (ARIA) 51 (Ö3 Austria Top 40) 44 (Ultratop Flanders) 13 (Ultratop Wallonia) 16 (ARC Top 40) 11 MDH (Tophit) 42 (SNEP) 66 (Official German Charts) 48 (Rádiós Top 40) 11 (Single Top 40) 11 (IRMA) 25 (FIMI) 97 (Dutch Top 40) 16 (Single Top 100) 69 (ZPAV) 7 (Airplay 100) 24 (Russia Airplay) 48 (Schweizer Hitparade) 46 (UK Singles) 19

Reliz tarixi + Hudud Sana Format(lar) Versiya Leybl Manba(lar) Turli 30-yanvar 2020-yil Original Warner 31-yanvar 2020-yil Contemporary hit radio 5-fevral 2020-yil 14-fevral 2020-yil Turli 6-mart 2020-yil Streaming 360 reality audio 17-mart 2020-yil Hwasa remiksi c 25-mart 2020-yil Mini-albom remikslari 9-aprel 2020-yil Alok remiksi 11-sentyabr 2020-yil Mark Ronson remiksi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2020-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Dua Lipa qo'shiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar