Dilshod Suratovich Joʻrayev (1992-yil 21-aprelda tugʻilganhttps://int.soccerway.com/players/dilshod-djuraev/189669/) – oʻzbek futbolchisi, Xorazm klubi himoyachisi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Martaba Dilshod Joʻrayev professional faoliyatini 2011-yilda Toshkentning Bunyodkor klubi aʼzosi sifatida boshlagan. Oʻsha mavsumda Joʻraev „Bunyodkor“ bilan ikkita oʻyinda maydonga tushdi. 2012-yilning bahor oyida „Bunyodkor“ Joʻrayevni Samarqandning Dinamo siga ijaraga bergandi. Dinamo tarkibida Dilshod Joʻrayev Oʻzbekiston chempionati Oʻzbekiston Kubogi doirasida sakkizta oʻyinda maydonga tushdi, biroq birorta ham gol ura olmadi.

2012-yilning avgust oyida „Bunyodkor“ Dilshod Joʻrayevni oʻziga qaytib oldi. 2012-yilning kuzidan boshlab Joʻrayev „Bunyodkor“ning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. Oʻsha yili uni Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif qilishdihttps://int.soccerway.com/players/-/189669/.

2012-yildan buyon „Bunyodkor“ tarkibida 21 ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, terma jamoa safida esa ikki uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. 2023-yil yangi mavsum oldidan „Buxoro“ klubi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan.

Yutuqlar Oʻzbekiston chempioni: 2011, 2013 Oʻzbekiston vice-chempioni: 2012 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2012, 2013 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2014 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2014

Manbalar

Havolalar

Dilshod Joʻrayev Transfermarkt saytida

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:21-aprelda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari