Nikita Ribkin ( 1992-yil 20-yanvar; Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek futbolchisi boʻlib, darvozabon sifatida oʻynagan. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir necha oʻyin oʻtkazgan. Nikita Ribkin – Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan, lekin hech qachon oʻynamagan.

Futbolchilik faoliyati Nikita Ribkin Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. Shuningdek, 2008-2009-yillarda Germaniyaning „Nyurnberg“ klubi yoshlar jamoasida oʻynagan. 2009-yilda u vatanidagi „Paxtakor“ga qaytgan va uzoq muddat jamoaning ikkinchi darvozaboni boʻlgan. 2016-yilning yozida u Oʻzbekistonning boshqa klubi „Qoʻqon 1912“ga oʻtib, 2018-yilgacha oʻynagan. 2018-yilda Bekobodning „Metallurg“ va shu nomdagi „Andijon“ jamoalarida toʻp surgan.

2019-yil mart oyi boshida Nikita Ribkin oʻzining professional oʻyin faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan va bu haqda oʻzining shaxsiy Facebook sahifasida yozgan.

Yutuqlari Yoshlar klublari:

2005-2007 Paxtakor 2007-2009 Nyurnberg

Klubdagi karyerasi:

2009-2016 Paxtakor 32 oʻyin (0 goʻl) 2016-2018 Qoʻqon 1912 21 oʻyin (0 goʻl) 2018 Metallurg Bekobod 0 oʻyin (0 goʻl)

Milliy jamoadagi faoliyati

Oʻzbekiston (yoshlar) 12 oʻyin (0 goʻl)

Manbalar

Havolalar Transfermarkt.com saytidagi profili Soccerway.com saytidagi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar