1991-yili 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilingan. Toshkent shahrida boʻlib oʻtganida Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida boʻlgan „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“gi qaror „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari“ toʻgʻrisida qonun qabul qilindiZakon Respubliki Uzbekistan OB OSNOVAX GOSUDARSTVYeNNOY NYeZAVISIMOSTI RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN. Qaror bilan Oʻzbekiston SSR nomi ham Oʻzbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi. 1-sentyabr Oʻzbekistonning mustaqillik kuni deb belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, 5-sentyabrda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Oʻzbekiston poytaxtining avvallari Vladimir Lenin nomi bilan atalgan markaziy maydoni Mustaqillik maydoniga oʻzgartirildi. 1992-yil 3-iyulda „Oʻzbekiston Respublikasida bayramlariz toʻgʻrisida“ gi 669-XII-sonli davlat qonuni qabul qilindi, unda bayram nishonlanadigan kunlar, jumladan, Mustaqillik kuni ham belgilandi. Qonun asosida oʻsha paytda amalda boʻlgan Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildiZakon Respubliki Uzbekistan „O prazdnichnix dnyax v Respublike Uzbekistan“ (Vedomosti Verxovnogo Soveta Respubliki Uzbekistan, 1992 g., № 9, st. 368)..
Tarixiy asos 1991-yilda Sovet Ittifoqi poytaxti Moskvada sodir boʻlgan Avgust to‘ntarishi koʻplab sovet respublikalarini Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qilishga undadi. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekistonning SSSRdan ajralib chiqib, mustaqil boʻlganligini eʼlon qildi. Shu kuni O‘zbekiston Oliy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani hamda Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi haqidagi qonunni qabul qildi. Ushbu qonunlar Karimov tomonidan imzolangach, O‘zbekiston SSR nomi O‘zbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi. Keyingi kun hukumat tomonidan milliy bayram va dam olish kuni deb eʼlon qilindi.
Nishonlash tarixi
1992-yil 1992-yilda Mustaqillik kuni ilk bor nishonlandi. Rejissyor Davron Salimov tomonidan suratga olingan Istiqlol (Mustaqillik) filmi Toshkent kinoteatrlarida namoyish etildi. Prezident Islom Karimov poytaxtdagi Mustaqillik maydonida boʻlib oʻtgan kechki tadbirda nutq soʻzladi,
1996-yil 1996-yil mustaqillikning 5 yilligi nishonlandi. Aynan shu yilda Prezident Karimov ilk bor O‘zbekiston Qahramoni unvonini topshirdi.
2016-yil 2016-yilda mustaqillikning 25 yillik yubileyi nishonlandi. Yubiley paytida shifoxonada yotgan Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov keyingi kuni Toshkentda vafot etdi. Karimovning anʼanaviy Mustaqillik kunidagi nutqi televideniyeda boshlovchi tomonidan oʻqib eshittirildi.
2018-yil 2018-yilda mustaqillikning 27 yilligi arafasida hukumat idoralari ilk bor Tojikiston fuqarolarining chegara oʻtish punktlaridan kirishiga cheklovlar joriy etmaslikka qaror qildi.
2021-yil 2021-yilda mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli bayram tadbirlari oʻtkazildi. Asosiy tantanalar yangi barpo etilgan Yangi Oʻzbekiston bogʻi va unga tutash hududda, Toshkent yaqinida boʻlib oʻtdi. Mazkur sanada Turkiya kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan Mustaqillikning 30 yilligi monumenti ochildi.
Oʻzbekiston Respublikasining Diplomatik vakolatxonalari Mustaqillik kuni Oʻzbekiston Respublikasining 62 ta diplomatik vakolatxonalari boshchiligida bo'lib turgan davlatlarida keng nishonlanib kelinadi.
Oʻzbekistonda Mustaqillik kuniga bagʻishlangan joylar
Mustaqillik maydoni Mustaqillik va ezgulik monumenti
Yana qarang Mustaqillik maydoni
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Oʻzbekiston bayramlari Turkum:Sentyabrdagi bayramlar
Tarixiy asoslari Mustaqillik deklaratsiyasi (1990) 1990-yil 20-iyunda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida 12 banddan iborat «Mustaqillik deklaratsiyasi» qabul qilindi. Deklaratsiyaning birinchi bandida Oʻzbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning oʻz hududidagi tanho hokimligi sifatida belgilab qoʻyilgan.
Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi (1991-yil 31-avgust) 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Oliy Kengashning «Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida»gi qarori hamda «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida»gi 336-XII-son Qonun qabul qilindi. Ayrim manbalarda sessiyada qabul qilingan hujjat davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi «Bayonot» deb ham ataladi.
Sessiyada Islom Karimov: «Men shu bugundan eʼtiboran 1 sentabrni respublikamizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb eʼlon qilishni taklif etaman», — degan taklifni ilgari surgan. Oliy Kengash qarori bilan 1-sentabr Mustaqillik kuni, shuningdek, dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Ushbu qarorning asl nusxasi 2022-yilda «Oʻzarxiv» agentligi tomonidan jamoatchilikka namoyish etilgan.
17 moddadan iborat 336-XII-son Qonunning 1-moddasida «Oʻzbekiston Respublikasi, oʻz tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir» deb belgilangan. Oliy Kengashning 1991-yil 30-sentabrdagi 358-XII-son qarori bilan ushbu Qonunga konstitutsiyaviy maqom berilib, u amaldagi Konstitutsiyaning unga zid moddalaridan ustun deb belgilandi.
Mustaqillik boʻyicha referendum (1991-yil 29-dekabr) 1991-yil 29-dekabrda Oliy Kengash tomonidan eʼlon qilingan davlat mustaqilligini qoʻllab-quvvatlash masalasida umumxalq referendumi oʻtkazildi. Referendumda salkam 10 million fuqaro ishtirok etib, ularning 98,26 foizi mustaqillikni qoʻllab-quvvatladi. Shu kuni Oʻzbekiston tarixidagi ilk umumxalq Prezident saylovi ham boʻlib oʻtdi va unda Islom Karimov saylandi. Saylov va referendum yakunlariga bagʻishlangan Oliy Kengashning IX sessiyasi 1992-yil 4-yanvarda boʻlib oʻtdi.
Xalqaro tan olinishi Turkiya 1991-yil 16-dekabrda Oʻzbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlat boʻldi; ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 4-martda oʻrnatildi. 1992-yil 30–31-yanvarda Praga shahrida boʻlib oʻtgan Vazirlar kengashida Oʻzbekiston Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashiga (hozirgi YXHT) qabul qilindi. 1992-yil 2-martda BMT Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻldi.
Huquqiy maqomi Mustaqillik kunining bayram sifatidagi maqomi 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasida bayram kunlari toʻgʻrisida»gi 669-XII-son Qonunda mustahkamlangan: Qonunning 1-moddasida bayram kunlari qatorida «1-sentabr — Mustaqillik kuni» koʻrsatilgan. Ushbu Qonun Oliy Majlisning 1996-yil 30-avgustdagi 283-I-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hozirgi vaqtda 1-sentabr — Mustaqillik kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kunlaridan biri hisoblanadi.
Davlat suvereniteti gʻoyasi Konstitutsiyada ham oʻz ifodasini topgan: 2023-yil 30-aprelda referendum orqali qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida «Oʻzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat» ekanligi belgilangan.
Bayram shiorlari Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tuziladi, bayram konsepsiyasi tasdiqlanadi va uning bosh gʻoyasi (shiori) belgilanadi.
+ Mustaqillik bayramining bosh gʻoyalari (2016–2026) Yil Yilligi Bosh gʻoya (shior) Prezident qarori 2016 25 «Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!» PQ-2540, 2016-yil 2-iyun 2017 26 «Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston!» 2017-yil 27-iyun 2019 28 «Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!» 2019-yil iyul 2020 29 COVID-19 pandemiyasi sababli ommaviy tadbirlar cheklangan 2021 30 «Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!» PQ-4926, 2020-yil 17-dekabr 2022 31 «Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz» PQ-340, 2022-yil 1-avgust 2023 32 «Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!» PQ-241, 2023-yil 27-iyul 2024 33 «Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» PQ-264, 2024-yil 18-iyul 2025 34 «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» PQ-222, 2025-yil 10-iyul 2026 35 «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» PQ-120, 2026-yil 1-aprel
Nishonlanishi Soʻnggi yillarda bayramning bosh tantanali marosimi 1-sentabrdan bir necha kun oldin oʻtkaziladi. Marosim kuni ertalab davlat rahbari «Shahidlar xotirasi» majmuasida qatagʻon qurbonlari xotirasini yod etadi va «Yangi Oʻzbekiston» bogʻidagi Mustaqillik monumentiga gul qoʻyadi, kechqurun esa Prezident nutqi bilan tantanali marosim boʻlib oʻtadi. Bayram kunlari poytaxtdagi istirohat bogʻlarida sayillar va konsertlar tashkil etiladi — masalan, 2025-yilning 30–31-avgust kunlari Toshkentning tumanlaridagi bogʻlarda bayram sayillari oʻtkazildi. 2019-yilgi bayramda Toshkentda 9 daqiqa davom etgan va 2 700 dan ortiq zarbadan iborat otashin namoyish etilib, uning balandligi 350 metrga yetgan.
2016 — 25 yilligi Mustaqillikning 25 yilligi arafasida Prezident Islom Karimov kasallik sababli bayram tadbirlarida ishtirok eta olmadi: uning xalqqa bayram tabrigi davlat televideniyesi orqali boshlovchi tomonidan oʻqib eshittirildi, anʼanaviy bayram konserti esa bekor qilindi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimovning vafot etgani rasman eʼlon qilindi.
2020 — pandemiya davri COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yil 20-avgustda Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik kuni munosabati bilan ommaviy yigʻinlar va sayillar oʻtkazishni cheklash zarurligini taʼkidladi. 31-avgustdagi 29 yillikka bagʻishlangan tantanali yigʻilish ixcham, onlayn formatda oʻtkazilib, bayram dasturlari televideniye orqali namoyish etildi.
2021 — 30 yilligi 2021-yil 31-avgustda Toshkentda «Yangi Oʻzbekiston» bogʻi va Mustaqillik monumenti Prezident ishtirokida ochildi hamda bayramning bosh tantanasi shu yerda oʻtkazildi. Maydoni 104 gektar boʻlgan bogʻda 5 ming oʻrinli amfiteatr barpo etilgan. Monument turk kompaniyasi Outdoor Factory tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan. Bayram arafasida toʻrt nafar fuqaro — Muhammad Ahmedov, Shavkat Ayupov, Ibrohim Gʻafurov va Munojat Yoʻlchiyevaga «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni berildi.
2022-yilda bosh tantanali marosim 31-avgust kuni «Yangi Oʻzbekiston» bogʻida oʻtkazildi. 2023-yilgi bosh tadbirlarni ham shu bogʻda oʻtkazish Prezident qarorida belgilangan, 2024-yilda tantanali marosim 31-avgustda, 2025-yilda esa 29-avgustda boʻlib oʻtdi.
2026 — 35 yilligi 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son Prezident qaroriga koʻra, aprel–sentabr oylarida respublika boʻylab «Mustaqillik toʻyi» badiiy-ijodiy tadbirlari, avgust oyida Toshkentda mustaqil Oʻzbekistonning 35 yillik taraqqiyot yoʻliga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilishi, «Mustaqillik zafarnomasi» kitob-albomi nashr etilishi, 2026–2030-yillarda hududlardagi bogʻlarda «Vatan fidoyilari» ramziy yodgorliklari barpo etilishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda #Mustaqillik35 va #Uzb35 heshteglari ostida aksiyalar oʻtkazilishi belgilandi.
Bosh tantanali marosim 2026-yil 28-avgust kuni kechqurun Yangi Toshkentda boʻlib oʻtdi. Marosimning odatdagidan erta oʻtkazilishi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 29–30-avgust kunlaridagi davlat tashrifi hamda 31-avgust — 1-sentabr kunlari Bishkekda boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti bilan izohlandi. Bayram arafasida Yangi Toshkentda Yangi Oʻzbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining yangi binolari hamda Ginnes rekordlar kitobiga dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida kiritilgan favvora foydalanishga topshirildi.