Tursunoy Rahimova (1997-yil 5-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik bokschi, oʻta yengil vazn egasi. 2020-yil Osiyo va Okeaniya uchun Tokio—2020 Olimpiadasi litsenziyasini beruvchi turirda Olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritgan. 2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Faoliyati Tursunoy Rahimova 2016-yil Ulan-Batorda oʻtkazilgan Chinggis Khan Cup xalqaro boks turnirida 51 kilogrammgacha vazn toifasida ringga tushib oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yil Qirgʻizistonda oʻtkazilgan xalqaro turnirda bronza medali bilan taqdirlangan. 2019-yil Rossiyaning Ulan-ude shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatining birinchi raundida marokashlik Yasmin Muttaki ustidan gʻalaba qozongan ammo keyingi bosqichda xitoylik Say Szunsyuyga 1:4 hisobida yutqizib qoʻyadi. 2020-yil Iordaniyaning Ammon shahrida oʻtkazilgan turnirda Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashish litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Tokio 2020 Tursunoy Rahimova 51 kg vazn toifasida Tokio olimpiadasidagi boks bahslarining birinchi bosqichida ishtirok etib, polshalik Sandra Drabik ustidan 4:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Shuning bilan u Olimpiadada gʻalaba qozongan ilk oʻzbekistonlik bokschi qiz boʻldi. Olimpiadadagi boks bahslarining ikkinchi bosqichida turkiyalik Buse Naz Çakıroğluga qarshi ringga chiqib magʻlubiyatga uchradi. Unvon va mukofotlari „Jasorat“ medali

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol bokschilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari Turkum:Jasorat medali sohiblari