Muxtor Beskenuly Tleuberdi (Tleuberdin) (qozoqcha: Mұxtar Beskenұli Tіleuberdі, 1968-yil 30-iyun, Oqsuvkent, Sayram tumani, Turkiston viloyati, Qozogʻiston SSRhttps://inbusiness.kz/ru/appointment/dose-tleuberdi-muhtar-beskenuly) — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.

Biografiyasi 1990-yilda Qozoq milliy universitetining falsafa fakultetini tamomlaganhttps://kapital.kz/naznacheniya/81314/muhtar-tleuberdi-vozglavil-mid-rk.html. 1993-yildan — Attaşe, Osiyo mamlakatlari idorasining uchinchi kotibi. 1996-yildan — Qozogʻiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasining uchinchi, ikkinchi kotibi.

1999-yildan — Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika departamentining birinchi kotibi, Ikki tomonlama hamkorlik boʻlimi boshligʻi. Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida Davlat kotibining xalqaro ishlar boʻyicha maslahatchisi. 2001-yildan — Qozogʻiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchixonasi maslahatchisi. 2003-yildan — Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari. 2004-yildan — Qozogʻistonning Malayziyadagi elchisihttps://zakon.uchet.kz/rus/docs/U040001416_. 2005-yildan — Qozogʻistonning Indoneziya Respublikasi, Bruney Darussalom va Filippin Respublikasidagi elchisi bilan bir vaqtdahttps://online.zakon.kz/document/?doc_id=30491085#pos=1;-66. 2009-yildan — Qozogʻistonning Shveytsariyadagi elchisi, Qozogʻiston Respublikasining Vatikan shtati Lixtenshteyn knyazligida favqulodda va muxtor elchisi. 2016-yildan — Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosarihttps://khabar.kz/ru/news/item/115612-kasym-zhomart-tokaev-proizvel-ryad-kadrovykh-izmenenij.

2019-yildan — Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vazirihttps://www.akorda.kz/ru/events/akorda_news/akorda_other_events/nakanune-dnya-nezavisimosti-ryadu-kazahstancev-prisuzhdeny-gosudarstvennye-nagrady-1.

Mukofotlar „Parasat“ ordeni (2020).

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tashqi ishlar vazirlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozog‘istonning Filippindagi elchilari Turkum:Qozog‘istonning Malayziyadagi elchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar