Bobur Mansurovich Bekmurodov (tugʻ. 1985-yil 5-yanvar, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek jamoat va siyosiy arbobi, 2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputat, 2020-yil 27-iyuldan boshlab "Yuksalish" harakati raisi (ixtiyoriy ravishda).
2024-yil noyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi raisi.
2026-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi sifatida parlamentlararo hamkorlik doirasida ham faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Oliy Majlis va Singapur Respublikasi Parlamenti o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh hamraisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Pokiston Islom Respublikasi Parlamenti Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi rahbari hamda Oliy Majlis va Lyuksemburg Buyuk Gersogligi Deputatlar palatasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh hamraisi hisoblanadi.
2026-yil 14-may sanasidan boshlab Bobur Bekmurodov Global Janub Nodavlat Tashkilotlari Platformasi Bosh kotibining Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari etib saylandi. Mazkur qaror Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan BMTning 13-Butunjahon shaharsozlik forumi (WUF13) doirasida Global Janub NNT Platformasining birinchi Bosh Assambleyasida qabul qilindi.
Biografiyasi Bobur Mansurovich Bekmurodov 1985-yil 5-yanvarda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Ota, Mansur Bobomuradovich Bekmurodov (1953-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining boʻlim boshligʻi. Onasi, Matonat Ali qizi Bekmurodova (1960-yilda Ozarbayjon Respublikasida tugʻilgan).
2008-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tarjimon-filolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2010-yilda Toshkent moliya institutida iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha ikkinchi oliy maʼlumot oldi. 2005-2006-yillarda AQShning „Akademik rivojlanish uchun hamkorlik“ dasturining Oʻzbekistondagi talabasi boʻlgan. 2018-yilda Jon Smit stipendiyasini (Birlashgan Qirollik) tugatdi. U oʻzbek, rus va ingliz tillarini biladi. 2006-2007-yillarda investitsiya loyihalari boʻlimi mutaxassisi, UAC Bank Ipak yoʻli marketing va mijozlar siyosati boʻlimining 2-toifali mutaxassisi; 2007—2011-yillarda tanlov koordinatori, „Kelajak ovozi“ yoshlar tashabbuslari markazining hududiy boʻlimlari koordinatori; 2011—2013-yillarda Yoshlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish Respublika markazi direktori; 2013—2015-yillarda Korporativ rivojlanish, moliyaviy moliyaviy yechimlar boʻyicha direktor; 2015—2017-yillarda „Mega Venture“ MChJ qoʻshma korxonasi asoschisi; 2017—2019-yillarda Taraqqiyot strategiyasi markazi bosh koordinatori, ijrochi direktor oʻrinbosari; 2018—2020-yillarda xalq deputatlari Mirzo Ulugʻbek tumani Kengashining deputati; 2019—2020-yillarda ijro etuvchi direktor, „Yuksalish“ harakati raisi oʻrinbosari; 2020-yil 27-iyuldan „Yuksalish“ harakati raisi. 2019-yil dekabr oyida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida 126-sonli Beshkent saylov okrugidan (Qashqadaryo viloyati) Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputat etib saylandi.
Deputat sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi va „Yuksalish“ Umummilliy Harakati raisi Oʻzbekistonning rivojlanishi. Yaxshi boshqaruvni targʻib qilish, notijorat sektorning salohiyatini oshirish va mahalliy jamoalarning boshqaruvdagi ishtirokini kengaytirishga hissa qoʻshadi.
2020-yil yanvaridan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha komissiyaning mas’ul kotibi.
2020-yildan — Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligini taʼminlash boʻyicha komissiya aʼzosi.
2024-yil oktabr oyida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi 63-Qashqadaryo viloyat saylov okrugidan (Qashqadaryo viloyati) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.
Bayonotlar 2024-yil 27-sentabr sanasida Bobur Bekmurodov Rossiya parlamenti yuqori palatasi – Federatsiya kengashining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Andrey Klimovning bayonotiga javob berdi. Rus tili darsida maktab oʻquvchisini urgan oʻzbekistonlik oʻqituvchi bilan bogʻliq voqeaga izoh berar ekan, Klimov shunday degan: «Uzoq vaqt oʻzini shunday tutgan bir mamlakat bor edi. Endi u juda qiyin vaziyatga tushib qoldi». Bobur Bekmurodov ichki masalalar, ayniqsa, maishiy holatlarni ikki davlat oʻrtasidagi katta diplomatik darajaga olib chiqish oʻzi notoʻgʻri ekanini taʼkidlagan.
2024-yil 20-oktabr sanasida Bobur Bekmurodov Oʻzbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi oʻzbekistonliklarni Rossiya armiyasi safiga qoʻshilmaslikka chaqirgani munosabati bilan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan viza rejimi joriy etishni taklif qilgan RF Federatsiya kengashi deputati Sergey Mironovga javob qaytardi.
Bobur Bekmurodov Oʻzbekiston hech qachon oʻz fuqarolarining boshqa davlat urushlariga jalb qilinishiga rozi boʻlmasligi, konsulliklar oʻz fuqarolarini noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilishga haqli ekanini taʼkidladi. U Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklar uning iqtisodiyotiga hissa qoʻshayotgani va soliq toʻlayotganini eslatdi. Ijtimoiy nafaqalarni inson hayotiga tahdid qiluvchi harakat bilan solishtirishni esa savodsizlik va ahmoqlik deb atadi. “Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida”gi Shartnomaning 7-moddasiga asoslanib, Bobur Bekmurodov ikki tomon fuqarolar huquqlarini himoya qilishga majbur ekanligini qayd etdi: «Bizda qonunlar ishlaydi. Sizda ham ishlashi kerak».
2026-yil yanvar oyida Bobur Bekmurodov Rossiyalik teleboshlovchi va propagandachi Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyoda «maxsus operatsiyalar» o‘tkazish haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. U Solovyovning bayonotlarini xalqaro huquq va davlatlar suverenitetiga zid ekanini ta’kidlab, Markaziy Osiyo davlatlarining hududiy yaxlitligi va mustaqilligi daxlsizligini qayd etdi. Bobur Bekmurodov bunday provokatsiyalar qo‘shni davlatlarni bir-biriga qarshi qo‘yishi mumkinligini bildirib, O‘zbekiston o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun yetarli iroda, resurs va salohiyatga ega ekanini ta’kidladi.
2026-yilda Bobur Bekmurodov Toshkent shahrida tadbirkorlarni ularga tegishli reklama va peshlavhalarni majburiy ravishda demontaj qilishga undash holatlari yuzasidan bayonot berdi. U poytaxtning estetik qiyofasini yaxshilash zarurligini e’tirof etgan holda, bu jarayon qonun ustuvorligi asosida amalga oshirilishi lozimligini ta’kidladi.
Bekmurodovning fikricha, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori rasman e’lon qilinganidan uch oy o‘tgach kuchga kirishi belgilangan bo‘lsa-da, ayrim majburiy demontaj ishlari qaror qabul qilinishidan avval boshlangan. U qonun hujjatlarining orqaga qaytish kuchi yo‘qligi sababli, avvalgi talablarga muvofiq o‘rnatilgan peshlavhalarning huquqiy daxlsizligi ta’minlanishi kerakligini bildirdi.
Shuningdek, u dizayn-kod talablari tadbirkorlar uchun qo‘shimcha moliyaviy yuklama keltirib chiqarishi mumkinligini, xususiy mulkka oid majburlov choralari esa qonuniy asos va tegishli sud qaroriga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Bekmurodov rivojlangan davlatlarda bunday o‘zgarishlar joriy etilganda tadbirkorlarga moslashish uchun o‘tish davri berilishi yoki xarajatlarning bir qismi subsidiya qilinishini qayd etdi. U mas’ul idoralarni noqonuniy xatti-harakatlarni to‘xtatishga, Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan buyruqbozlik emas, balki teng huquqli sheriklik va ochiq muloqot asosida ishlashga chaqirdi
Mukofotlar Ularga davlat stipendiyasi A. Navoiy (2007-yil)
Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bagʻishlangan „Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil“ esdalik belgisi (2011-yil)
Oʻzbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bagʻishlangan „Oʻzbekiston mustaqilligiga 26 yil“ esdalik belgisi (2017-yil)
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:5-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar