„Our Song“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Taylor Swift (2006) nomli debyut studiyaviy albomiga kiritilgan. 2007-yilning 10-sentabrida albomning uchinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan. Swift qoʻshiqni toʻqqizinchi sinfda oʻqiyotgan chogʻida maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan isteʼdodlar shousi uchun yozgan. „Our Song“ musiqiy jihatdan country janridagi qoʻshiqdir.

„Our Song“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida oʻn oltinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi () tomonidan 4× platina sertifikati bilan taqdirlangan. Shuningdek, Canadian Hot 100 chartida oʻttizinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda Music Canada tashkiloti tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan.

Qoʻshiq uchun Trey Fanjoy rejissorligida klip suratga olingan. Klip 2007-yilning 24-sentabrida CMT telekanalida premyera qilingan. Bundan tashqari, klip „Yil videosi“ () nominatsiyasida CMT Music Award bilan taqdirlangan.

thumb|upright|right|alt=Oq libos kiygan Taylor Swift „Speak Now“ turnesida|Swift „Our Song“ qoʻshigʻini ijro etmoqda (2012)

Jamoa Taylor Swift — vokal, qoʻshiqnavis, gitara Nathan Chapman — produser, banjo, akustik gitara, elektrogitara Chuck Ainlay — miksing Chad Carlson — ovoz yozib olish Aaron Chmielewski — ovoz rejissori yordamchisi Greg Lawrence — miksing Bruce Bouton — dobro Nick Buda — dovullar Eric Darken — perkussiya Rob Hajacos — skripka Tim Marks — bas-gitara

Chartlar

Haftalik + 2007-2008Chart (2007-2008)Oʻrni Pop 100 (Billboard) 24 + 2012Chart (2012)Oʻrni (South Korea International Singles) 104

Yillik + 2008 Chart (2008)Oʻrni Billboard Hot 100 41 Hot Country Songs (Billboard) 39

Tarix Chart (1958-2016)Oʻrni Hot Country Songs (Billboard) 88

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:2006-yil qoʻshiqlari Turkum:Taylor Swift qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar