Space Jam: A New Legacy (inglizchadan tarjimasi — „Samoviy Jam: Yangi meros“) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan, Malcolm D. Lee tomonidan suratga olingan hamda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan jonli harakatli/animatsion filmdir. Warner Animation Group, SpringHill Entertainment va Proximity Media studiyalari mahsuloti boʻlgan ushbu film 1996-yilda suratga olingan Space Jam filmi davomidir. Filmda bosh qahramonlarni jonlantirgan aktyorlar sirasiga LeBron James, Don Cheadle, Khris Davis, Sonequa Martin-Green, Cedric Joe, Jeff Bergman, Eric Bauza vs Zendaya kirishadi.

Space Jam: A New Legacy filmi premyerasi Los Anjelesda 12-iyul 2021-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda esa 16-iyul 2021-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $150 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $163 millionga yaqin daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Aktyorlar LeBron James — oʻzi Alex Huerta — yosh LeBron James Don Cheadle — Al-G Rhythm, yozuv kompyuter algoritmi Sonequa Martin-Green — Savannah James Ceyair J. Wright — Bronny James, LeBronning oʻgʻli

Shuningdek, filmda „Milliy Basketbol Assotsatsiyasi“ (MBA) oʻyinchilari sanalmish Klay Thompson, Anthony Davis, Damian Lillard, Peter Cornell, Chris Paul va Kyle Kuzma hamda „Ayollar Milliy Basketbol Assotsatsiyasi“ (AMBA) oʻyinchilari sanalmish Diana Taurasi, Nneka Ogwumike, Nicole Kornet va Chiney Ogwumike epizod rolda oʻynashgan.

Ovoz berganlar Eric Bauza — Bugs Bunny, Daffy Duck, Marvin the Martian, Tweety va Pepe Le Pew Kath Soucie — Lola Bunny Jeff Bergman — Sylvester va Foghorn Leghorn Bob Bergen — Porky Pig Gabriel Iglesias — Speedy Gonzaleshttps://www.forbes.com/sites/simonthompson/2020/12/07/comedian-and-entrepreneur-gabriel-iglesias-talks-mr-iglesias-and-his-2020-plan-b/?sh=504ac8187750

Reaksiya Tanqid Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Space Jam: A New Legacy haqida 220 ta maqola yigʻilib, ulardan 25 foizi filmni ijobiy baholaydi.

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2021-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Looney Tunes haqidagi filmlar Turkum:Looney Tunes Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Sport haqidagi AQSh filmlari Turkum:2021-yil 3D-filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:2021-yil kinokomediyalari