„Tanlangan asarlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2018-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida 3 ming nusxada chop etilgan.
Toʻplam sheʼrlari „Yoʻq, halovat istamayman!“, „Yoshlik devoni“, „Bolaligim – Bozorim“, „Orzu chashmasi“, „Iltijo“, „Tirik sayyoralar“, „Sharqiy qirgʻoq“, „Ruhlar isyoni“, „Shavqu armonim gʻazal“, „Bedorlik“, „Hajv daftari“, „Subhi sodiq“, „Istanbul fojiasi“, „Orzuli dunyo“, „Tabassum“, „Daftarda qolgan satrlar“ turkumlariga boʻlingan. Toʻplamga shoirning turli yillarda yozgan sheʼrlari, shuningdek, „Nido“, „Orzu shachmasi“, „Palatkada yozilgan doston“, „Quyosh maskani“, „Ruhlar isyoni“ dostonlari hamda „Istanbul fojiasi“ sheʼriy dramasi kiritilgan.
Manbalar
Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari