Michael Kirk Douglas (1944-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) – amerikalik aktyor va film Prodyuser. Ikkita Oscar, oltita Oltin globus, ikkita Screen Actors Guild Awards va Emmy mukofotlari sovrindori.
Karyerasini Gigant Shadow Cast (1966) filmidagi rolidan boshlagan. 1975-yilda Kakku uyasi uzra parvoz filmiga Prodyuserlik qildi va Oscar mukofotining eng yaxshi film nominatsiyasiga sazovor boʻldi. Ushbu film uchun Oltin globus va BAFTA mukofotlarining ham eng yaxshi film nominatsiyalarida gʻolib boʻldi. 1987-yilda Wall Street filmdagi roli uchun ikkinchi Oscar mukofotiga loyiq topilgan. Douglas Chumoli odam (2015), Chumoli-odam va Ari (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabi koʻplab filmlarda suratga tushgan.
Yoshlik thumb|alt=Michael Douglas 1976-yilda|Michael Douglas 1976-yilda Michael Kirk Douglas 1944-yil 25-sentyabrda mashhur aktyor Kirk Douglas va aktrisa Diana Douglas oilasida tavallud topgan. Ota-onasi ajrashganidan soʻng, onasi bilan yashay boshladi, bir muddat harbiy maktabda oʻqigan, ammo otasining kasbini egallashni orzu qilib New Yorkdagi „American Place“ teatrida oʻqishga kirgan.
Talabalik yillarida Danny DeVito bilan yaqindan doʻstlashdi va keyinchalik u bilan koʻplab filmlarda suratga tushdi.
Karyera thumb|alt=Michael Dougals 1987-yil Kann kinofestivalida|Michael Dougals 1987-yil Kann kinofestivalida
Douglasga shon-sharaf olib kelgan birinchi rol „San-Frantsisko koʻchalari“ (1972-1976) teleserialidagi inspektor Stive Keller roli edi. Ayni shu davrda otasi Kirk Douglas unga Kakka uyasi uzra parvoz romanini suratga olish huquqini olib berishini aytadi. Michael ushbu filmga Prodyuserlik qildi va „Yilning eng yaxshi filmi“ uchun Oscar mukofotiga sazovor boʻldi.
Douglas har doim yadro qurolidan voz kechish zarurligini takidlagan va keyingi loyihasini shu mavzuga bagʻishlashga qaror qilgan. " Xitoy sindromi " filmi 1979-yilda namoyish etilgan va koʻplab shov-shuvlarga sabab boʻlgan. Douglas Prodyuserlikdan tashqari ushbu filmda asosiy rollardan birini ijro etgan.
1980-yilda aktyor bilan baxtsiz hodisa yuz berdi: togʻ changʻi kurortida changʻida uchayotganda qulab tushadi. Kinodagi karerasini davom ettirish uchun uch yil vaqt kerak edi, shu vaqt ichida uning mashhurligi ancha pasayib ketdi. Indiana Jons filmlarining muvaffaqiyatidan ilhomlanib, Douglasxuddi shunday sarguzasht lentasida kinoteatrga qaytishga qaror qildi. Ushbu strategiyaning natijasi – " Romancing the Stone " (1984) ekshn filmi boʻlib, tijorat jihatdan muvaffaqiyatli boʻldi.
Shaxsiy hayoti thumb|alt=Michael Douglas va Catherine Zeta-Jones 2012-yilda|Michael Douglas va rafiqasi Catherine Zeta-Jones 2012-yilda Summertree (1971) filmini suratga olganidan soʻng u aktrisa Brenda Vaccaro bilan uchrashishni boshladi. Oʻzaro munosabatlar taxminan olti yil davom etdi.
1977-yil mart oyida 32 yoshli Douglas avstriyalik diplomatning qizi 19 yoshli Diandra Lukerga uylandi. Ular 2000-yilda ajrashishgan. Bu nikohdan 1978-yilda tugʻilgan Cameron ismli oʻgʻli bor.
2000-yil 18-noyabrda u yosh britaniyalik aktrisa Catherine Zeta-Jones bilan turmush qurdi. Ularning yoshi orasida 25 yil farq bor edi. Juflikning ikkita farzandi bor: Dilan Michael (2000-yilda tugʻilgan) va Karis Zeta (2003-yilda tugʻilgan).
2010-yil aprel oyida Nyu-York sudi tomonidan aktyorning oʻgʻli Cameron Douglas giyohvand moddalar savdosi uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
2010-yil avgust oyida aktyorga tomoq saratoni tashxisi qoʻyilgan. 2010-yil dekabr oyining boshlarida, davolanish kursi tugaganidan keyin bergan intervyusida taniqli aktyor yana koinoga qaytmoqchi ekanligini tasdiqladi.
2011-yil 11-yanvarda Douglas saraton kasalligidan butunlay davolanganini eʼlon qildi.
2013-yil 16-avgustda Michael Douglas Catherine Zeta-Jons bilan ajrashish toʻgʻrisida ariza berish niyati borligini eʼlon qildi. Ushbu bayonotning sababi aktyor „Catherin erining kasalligi sababli depressiyaga endi toqat qila olmasligi“ bilan izohladi.
2013-yil noyabr oyida Michael Douglas va Catherine Zeta-Jones oʻzaro munosabatlarini tiklagani maʼlum qilishdi.
Filmografiya Asosiy maqola: Michael Douglas filmografiyasi
Tanlangan filmografiyasi thumb|alt=Michael Douglas 2011-yilda|Michael Douglas 2011-yilda thumb|Michael douglas|Michael Douglas 1972-yil San-Fransiskoda Nomi Yil Rol Kakku uyasi uzra parvoz 1975— Coma 1978 1985 Wall Street1987 Flatliners1990— Double Impact1991— Made in America1993— Disclosure 1994 1998 One Night at McCool's2001 It Runs in the Family2003 King of California 2007 Charlie Ghosts of Girlfriends Past2009 Beyond a Reasonable Doubt Solitary Man Wall Street: Money Never Sleeps 2010 Haywire 2011 Last Vegas 2013 And So It Goes2014 Beyond the Reach Chumoli-odam 2015 Unlocked2017Flatliners—We Have Always Lived in the Castle2018—Chumoli-odam va Ari Qasoskorlar: Intiho 2019
Mukofot va nominatsiyalar
Tanlangan mukofot va nominatsiyalar
MukofotYilToifaIshNatijaAkademiya mukofoti(Oscar) 1976 Eng yaxshi film uchun Oscar mukofoti Kakku uyasi uzra parvoz 1988 Eng yaxshi aktyor Wall Street American Film Institute Awards 2009 Hayotiy ijro— BAFTA 1989 Eng yaxshi aktyor Fatal Attraction 2001 Eng yaxshi aktyor Wonder Boys César Awards 1998 Hurmatli ijrochi— 2016 Hurmatli ijrochi— Oltin globus 1970 Oltin globus mukofotining eng yaxshi erkak aktyori nominatsiyasi Hail, Hero! 1975 Televizion dramadagi Eng yaxshi aktyor The Streets of San Francisco 1976 Eng yaxshi film (Prodyuser) Kakku uyasi uzra parvoz 1980 Eng yaxshi drama film (as a producer) The China Syndrome 1985 Eng yaxshi musiqali komediya filmi (Prodyuser) Romancing the Stone 1988 Eng yaxshi dramatik aktyor Wall Street 1990 Musiqali komediyadagi Eng yaxshi erkak ijrochi The War of the Roses 1996 Eng yaxshi musiqali drama filmdagi aktyor The American President 2001 Eng yaxshi aktyor Wonder Boys 2004 Cecil B. DeMille Award— 2011 Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor Wall Street: Money Never Sleeps 2014 Eng yaxshi Tv serialdagi aktyor Behind the Candelabra 2019 Eng yaxshi aktyor musiqali drama The Kominsky Method 2020 Eng yaxshi Tv drama serialdagi aktyor The Kominsky Method Hollywood Walk of Fame 2018 Walk of Fame yulduzi— MTV Movie Awards 1993 Eng yaxshi erkak ijrochi Basic Instinct 1993 Best On-Screen Duo Basic Instinct People's Choice Awards 1988 Eng yaxshi erkak ijrochi— 1990 Eng yaxshi erkak ijrochi— Emmy mukofotlari 1974 Eng yaxshi erkak ijrochi. Drama serìal The Streets of San Francisco 1975 Eng yaxshi ikkinchi erkak ijrochi. Drama. The Streets of San Francisco 1976 Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak ijrochi The Streets of San Francisco 2002 Eng yaxshi erkak ijrochi. Comediya Will & Grace 2013 Eng yaxshi erkak ijrochi. Mini serial Behind the Candelabra 2019 Eng yaxshi erkak ijrochi. Komediya The Kominsky Method 2020 Eng yaxshi ijrochi.komediya The Kominsky Method 2020 Eng yaxshi erkak aktyor. Komediya The Kominsky Method Screen Actors Guild Awards 2001 Badiiy filmdagi Eng yaxshi erkak ijrochi Traffic 2014 Televezion filmdagi Eng yaxshi erkak ijrochi Behind the Candelabra 2019 Komediya serialdagi Eng yaxshi erkak ijrochi The Kominsky Method 2019 Komediya serialdagi Eng yaxshi erkak ijrochi. Ansambl bilan. The Kominsky Method 2020 Eng yaxshi erkak ijrochi. Komediya The Kominsky Method 2020 Eng yaxshi erkak ijrochi. Komediya The Kominsky Method Saturn Awards 2016 Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor Ant-Man
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Oscar mukofoti sohiblari Turkum:BAFTA mukofoti sohiblari Turkum:Oltin Globus mukofoti sovrindorlari Turkum:Emmy Award gʻoliblari Turkum:Screen Actors Guild Awards sovrindorlari Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar