Oʻzbekistonda inson huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18–46-moddalarida mustahkamlangan.
Human Rights Watch xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti 2014-yilda eʼlon qilgan hisobotida Oʻzbekistondagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyatni „abgor“ deb atagan. Tashkilot hisobotida yozilishicha, Oʻzbekiston BMT inson huquqlari mexanizmlari bilan eng oz hamkorlik qiladigan davlatlardan biri boʻlib, 2000-yillar davomida BMTning inson huquqlari boʻyicha 11 ekspertining hech birini mamlakatga kiritilmagan, berilgan barcha tavsiyalar esa rad etilgan.
AQSh davlat departamenti 2006–2017-yillarda eʼlon qilgan hisobotlarining barchasida din yoki eʼtiqod erkinligining buzilishlari ortidan Oʻzbekistonni alohida xavotir uygʻotuvchi davlat deb taʼriflaganUnited States Department of State: International Religious Freedom Report 2008: Executive Summary.. 2018-yilda eʼlon qilgan hisobotida esa mamlakatni birinchi marta alohida xavotir uygʻotuvchi davlat emas deb tasvirlagan.
Yana qarang Osiyoda inson huquqlari Oʻzbekistonda ayollar Oʻzbekistonda bolalar mehnati
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekistonda inson huquqlari Oʻzbekistonda inson huquqlari, BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi Ombudsman
Turkum:Oʻzbekistonda huquq Turkum:Oʻzbekistonda inson huquqlari