Oyga sayohat (, asl tarjimasi: Oy ustida) - 2020-yilda katta ekranlarga chiqarilgan musiqiy va fentezi janrlaridagi kompyuter-animatsion filmdir. Pearl Studio va Sony Pictures Imageworks studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan va Netflix strimimg xizmati orqali yoyinlangan. Film rejissori — Glen Keane, ssenariy muallifi — Audrey Wells. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Cathy Ang, Phillipa Soo, Ken Jeong, John Cho, Ruthie Ann Miles, Margaret Cho va Sandra Oh kiradi. Syujeti Fei Fei ismli qiz Yerning sunʼiy yoʻldoshiga borish va u yerda Oy maʼbudasi boʻlmish Changʻe mavjudligini isbotlash uchun raketa yasaydi. Qahramon bunda onasining xotiralaridan ilhom oladi. Fei Fei otasini ikkinchi marta turmush qurishga qaror qilgani uchun kechira olmaydi va unga abadiy sevgi borligini isbotlashga urinadi. Film voqealari davomida Fei Fei oʻtmish bilan yashamaslikni tushunadi. Oy maʼbudasi bilan uchrashgach, abadiy muhabbat ham abadiy qaygʻu ekanligini anglaydi. Shuning uchun hayotda yangi odamlar kirib kelishiga imkon yaratish kerakligini bilib oladi.

Ovoz berganlar Cathy Ang — Fei Fei Robert G. Chiu — Chin Phillipa Soo — Changʻe Ken Jeong — Gobi John Cho — Ba Ba Ruthie Ann Miles]] — Ma Ma Sandra Oh — Zhong xonim Margaret Cho — Auntie Ling Kimiko Glenn — Auntie Mei

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Netflixda

Turkum:2020-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Xitoy filmlari Turkum:2020-yil multfilmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Xitoy animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Musiqiy filmlar Turkum:Fentezi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:Netflix Animation filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Xitoy kinokomediyalari