Masuma Sulton begim (; 1508-yilda tugʻilgan) Moʻgʻul malikasi hamda birinchi Moʻgʻul humkdori Boburning qizi boʻlgan. Uning nomini singlisi Gulbadan begim opasini „Moh Chacha“ deb Humoyun-noma da tez-tez tilga olgan.
Yoshligi Masuma Sulton begim Boburning qizi hamda uning toʻrtinchi xotini Maʼsuma Sulton begimning ismi boʻlgan. U Qobulda tugʻilgan boʻlib, tugʻilishida uning onasi vafot etgan. Onasining ismi qiziga qoʻyilgan. 1511-yilda Bobur Qobulni ukasi Nosir Mirzoga ishonib, Samarqandga yoʻl oladi.
Turmushi 1517-yilda, Masuma Sulton begimning 9 yoshida, Bobur uni 21 yoshli Muhammad Zamon Mirzoga turmushga beradi. U Badi' al-Zamon Mirzoning oʻgʻli hamda Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning nabirasi boʻlgan. Onasi esa Tahamton Beg, Asad Begning jiyani boʻlgan. Masuma Sulton begimga uylanishidan soʻng, Bobur uni Balxga joʻnatadi
U 31 yoshida beva qoladi. Muhammad Zamon Mirzo Chausa urushida vafot etadi..
Ajdodlari
Manbalar
Turkum:1508-yilda tugʻilganlar