Hugo (oʻzbekcha tarjimasi: Hugo: Vaqt qoʻriqchisi) — 2011-yilda Martin Scorsese tomonidan suratga olingan sarguzasht, drama film. Film Brian Selznickning 2007-yilda yozilgan „Hugo Cabretning ixtirosi“ (The Invention of Hugo Cabret) romaniga asoslangan. Hugo oʻn bitta nominatsiyada Oscar mukofotiga daʼvogarlik qilib beshta nominatsiyada gʻolib boʻldi.
Film 1930-yillarda Parijdagi Gare Montparnasse temir yoʻl stantsiyasida yolgʻiz yashaydigan yetim bola va keksa kinoaktyor va rejissor Georges Melis hayoti haqida hikoya qiladi.
Hugo Martin Scorsesening 3D formatdagi birinchi filmi hisoblanadi.Scorsese filmi haqida shunday degandi „Men 3Dni juda qiziq deb topdim, chunki aktyorlar hissiy jihatdan ancha joʻshqin edi. Ularning yengil harakatlaridan niyatlari aniqroq koʻrinadi“.
Film 2011-yil 23-noyabrda Amerika Qoʻshma Shtatlarida namoyish etildi va 11 ta Oscarga davogarlik qilib beshtasida gʻolib boʻldi. Shuningdek sakkizta BAFTA va uchta Oltin globus mukofotiga davogarlik qilib uchta BAFTA va bitta Oltin globus (Martin Scorsese/Eng yaxshi rejissor) mukofotini oldi.
Rollarda
Asa Butterfield roli Hugo Cabret Chloë Grace Moretz roli Isabelle Ben Kingsley roli Georges Méliès / Papa Georges Sacha Baron Cohen roli Inspektor Gustave Dasté Ray Winstone roli Claude Cabret Emily Mortimer roli Lisette Jude Law roli Mr. Cabret Helen McCrory roli Jehanne D'Alcy / Mama Jeanne Michael Stuhlbarg roli René Tabard Christopher Lee roli Monsieur Labisse Frances de la Tour roli Madame Emile Richard Griffiths roli Monsieur Frick Kevin Eldon roli politsiyachi Gulliver McGrath roli yosh Tabard Angus Barnett roli kinoteatr boshqaruvchisi Ben Addis roli Salvador Dalí Emil Lager roli Django Reinhardt Robert Gill roli James Joyce Marco Aponte roli Poyezd mashinisti yordamchisi Michael Pitt, Martin Scorsese va Brian Selznick cameo. Manbalar
Havolalar
Hugo TCMda
Turkum:AQSh filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Sehr va sehrgarlar haqidagi filmlar Turkum:Robotlar haqidagi filmlar Turkum:2011-yil 3D-filmlari Turkum:Martin Scorsese filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar