Ralph Nataniel Twisleton-Wykeham-Fiennes (22-dekabr 1962-yilda tugʻilgan) – britaniyalik film va teatr aktyori, film rejissor va produser. UNICEFning yaxshi niyatli elchisi. BAFTA va Tony mukofotlari gʻolibi. Ikki marta Akademiya (Oscar) va besh marta Oltin globus mukofotlari nomzodi. U Harry Potter film seriyalaridagi Lord Voldemort obrazi bilan mashhurlikka erishgan.

Fiennes Schindler's List (1993), Quiz Show (1994), The End of the Affair (1999), Maid in Manhattan (2002), The Constant Gardener (2005), In Bruges (2008), The Reader (2008), The Hurt Locker (2009), The Grand Budapest Hotel (2014), A Bigger Splash (2015), Hail, Caesar! (2016), The King's Man (2021), The Menu (2022) va Conclave (2024) kabi filmlarda rollar turli rollarni oʻynagan. U James Bond haqidagi „007:Skyfall“, „ Spectre“ va „Oʻlish vaqti emas“ (2021) filmlarida bosh rollardan biri Gareth Mallory / M rolini ijro etgan.

Manbalar

Havolalar

Antisemitizm boʻyicha ovozlar Ralph Fiennes bilan intervyu Amerika Qo'shma Shtatlari Xolokost memorial muzeyi dan BAFTA Interview with Ralph Fiennes Ralph Fiennes | Film | The Guardian Ralph Fiennes | Financial Times Ralph FiennesBritish Film Institute

Turkum:Oscar mukofoti nomzodlari Turkum:BAFTA mukofoti sohiblari Turkum:Oltin Globus mukofoti sovrindorlari Turkum:Angliyalik erkak aktyorlar Turkum:Angliyalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar