Shokir Zokirovich Dolimov —isteʼfodagi Podpolkovnik, tarjimon. J. K. Rowling qalamiga mansub yetti qismli Harry Potter romanlar turkumini va J. R. R. Tolkien qalamiga mansub "Hobbit: Yoxud borib qaytish", „Uzuklar hukumdori“ kabi asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Dolimov Harry Potter va hikmatlar toshi asarining ilk tarjimalarini 2011-yildan oʻz blogida eʼlon qilib bordi. Shundan soʻng qolgan kitoblar ham oʻzbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. U bir qancha ijtimoiy, siyosiy va diniy asarlarni ham rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilganhttps://au.linkedin.com/in/shokir-dolimov-8326a797.

Shokir Dolimov mudofaa va xavfsizlikka oid meʼyoriy huquqiy hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilgani uchun harbiy mukofotlar va „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Tarjimalari Harry Potter va Falasafa toshi

Harry Potter va maxfiy hujra

Harry Potter va Azkaban mahbusi

Harry Potter va Alanga kubogi

Harry Potter va tilsim shahzodasi

Harry Potter Ajal Tuhfasi

Hobbit: Yoxud borib qaytish

Uzuklar hukmdori

Harbiy atamalarning qisqacha izohli lug'ati

Islom ummatining 100 buyuk shaxsi https://kitobxon.com/ru/yozuvchi/shokir-zokirovich-dolimov

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar Turkum:Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari