Shuhrat Sattorov – „Xabar.uz“ saytining sobiq kolumnisti, 2020-yildan Respublika taʼlim markazi direktori. 2023-yilning 16-noyabridan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori. 2025-yilning 7-fevralidan Toshkent shahridagi Amity Universiteti rektori.
Faoliyati 2004—2008-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika, 2008—2009-yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
2018—2020-yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yoʻnalishini tamomlagan.
2012-yildan axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mobil texnologiyalar, kommunikatsiya, „elektron hukumat“ tizimi yoʻnalishlarida ilmiy izlanish olib boradi.
2020-yilning 16-iyunidan Respublika taʼlim markazi direktori lavozimiga tayinlandiShuhrat Sattorov respublika taʼlim markazi direktori etib tayinlandi.
2023-yilning 16-noyabridan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.
Shuhrat Sattorov hukumat qarori bilan 2025-yilning 7-fevralidan Toshkent shahridagi Amity Universiteti rektori etib tayinlangan.
Asarlari Shuhrat Sattarov „Biz gʻalaba qozonamiz“ kitobi muallifi„Biz gʻalaba qozonamiz“: Poytaxtda yangi kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Manbalar
Havolalar Rasmiy sahifasi Facebookda
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchilari