Shiing-Shen Chern (28-oktyabr 1911-yil — 3-dekabr 2004-yil) — xitoylik-amerikalik matematik. Chern differensial geometriya va topologiya sohasidagi ishlari bilan mashhur. 1983-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Chern 1943–1945-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. 1949–1960-yillarda esa Chicago universitetida faoliyat olib borgan. Soʻngra California universiteti, Berkeleyga koʻchib oʻtgan va u yerda 1982-yilda dunyoga mashhur Matematika fanlari ilmiy tadqiqot institutini tashkil qilgan.
Chern „zamonaviy differensial geometriyaning otasi“ oʻlaroq tanilgan. Olim yetuk geometriyachi va XX asrning eng buyuk matematiklaridan biri hisoblanadi. Uning ishlari, ayniqsa Chern-Gauss-Bonnet teoremasi, Chern-Simons nazariyasi va Chern sinflari matematikaga, shu jumladan, geometriya, topologiya va tugun nazariyasiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bundan tashqari, uning ishlari fizikaning barcha sohalariga, ayniqsa, tola nazariyasi, siqilgan modda fizikasi, umumiy nisbiylik nazariyasi va maydon kvant nazariyasida keng qoʻllanadi.
Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari