Helena Bonham Carter (tugʻilgan sanasi 1966-yil 26-may) britaniyalik aktrisa. U oʻzining gʻayrioddiy ayollar obrazlarini xarakter rollari sifatida yirik blokbasterlar va mustaqil filmlarda ijro etgani bilan tanilgan, xususan, tarixiy davr dramalarida uning shu singari rollarini koʻrish mumkin. Helena Bonham Carter „Manzarali xona“ (1985) filmida Lucy Honeychurch va „Lady Jane“ (1986) filmida sarlavhadagi bosh qahramon obrazini ijro etishi orqali mashhurlikka erishdi. Uning dastlabki tarixiy davr rollari uni „bokira“ „ingliz atirguli“ qiyofasidagi bir qolipda solib qoʻydi, bu nomda u oʻzini noqulay his qilgan. Bonham Karter noodatiy libos tanlovlari va qoramtir estetikasi bilan tanilgan. „Kabutar qanotlari“ (1997) filmida Kate Croy rolini ijro etgani uchun Bonham Carter "Eng yaxshi aktrisa" uchun „Oskar“ mukofotiga nomzod boʻldi, „Qirolning nutqi“ (2010) filmida qirolicha Yelizaveta obrazini yaratgani uchun esa u „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ uchun BAFTA mukofotini qoʻlga kiritdi va „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ uchun „Oskar“ mukofotiga ham nomzod etib koʻrsatildi.
Bonham Carterning boshqa filmlari orasida „Gamlet“ (1990), „Howards End“ (1992), „Mary Shelley’s Frankenstein“ (1994), „Qudratli Afrodita“ (1995), „Jang klubi“ (1999), „Wallace & Gromit: The Curse of the Were-Rabbit“ (2005), Garri Potter filmlar turkumida Bellatrix Lestrange (2007–2011), „Terminator 4: Najotkorning kelishi“ (2009), „Great Expectations“ (2012) filmida Miss Havisham obrazi, „Les Misérables“ (2012), „Cinderella“ (2015), „Okean oʻntalik: 8“ (2018) va „Enola Holmes“ (2020) filmlari bor. Rejissor va sobiq turmush oʻrtogʻi Tim Burton bilan hamkorligida suratga olingan filmlari qatoriga „Katta baliq“ (2003), „Oʻlik Kelin“ (2005), „Charlie va shokolad fabrikasi“ (2005), „Les Misérables (2012 film)|Les Misérables“ (2007), „Alisa moʻjizalar mamlakatida“ (2010) va „Qorongʻu soyalar“ (2012) kiradi.
Bolalar yozuvchisi Enid Blyton obrazini 2009-yilda BBC Four kanali uchun yaratilgan „Enid“ biografik filmida gavdalantirgani uchun Bonham Carter 2010-yilgi „Eng yaxshi aktrisa“ uchun Xalqaro „Emmy“ mukofotini qoʻlga kiritdi va „Eng yaxshi aktrisa“ uchun Britaniya televideniye akademiyasi mukofotiga nomzod boʻldi. Uning boshqa telefilmlari qatoriga „Fatal Deception: Mrs. Lee Harvey Oswald“ (1993), „Live from Baghdad“ (2002), „Toast“ (2010) va „Burton & Taylor“ (2013) kiradi. 2019-yildan 2020-yilgacha Bonham Carter malika Margaret obrazini Netflixning „Toj“ serialining uchinchi va toʻrtinchi mavsumlarida ijro etdi va bunda u ikki bor „Primetime Emmy“ mukofotiga nomzod boʻldi.
Filmografiya thumb|upright|Bonham Carter Qirol nutqi filmining suratga olish jarayonida. Dekabr.2009-yil. Yil Film Rol 1985 Lucy Honeychurch 1986 Lady Jane Lady Jane Grey 1987 Maurice Lady at Cricket Match 1987 Serena Staverley 1988 Iris 1988 Six Minutes with Ludwig The Star 1989 Francesco Chiara Offreduccio 1989 Getting It Right Lady Minerva Munday 1990 Hamlet Ophelia 1990 Beatrix Potter 1991 Where Angels Fear to Tread Caroline Abbott 1991 Brown Bear’s Wedding White Bear (voice) 1992 Howards End Helen Schlegel 1994 Mary Shelley’s Frankenstein Elizabeth Frankenstein 1994 Fatal Deception: Mrs. Lee Harvey Oswald Marina Oswald 1994 Butter Dorothy 1995 Mighty Aphrodite Amanda Weinrib 1995 Margaret's Museum Margaret MacNeil 1995 Jeremy Hardy Gives Good Sex Herself (voice) 1996 Twelfth Night: Or What You Will Olivia 1996 Portraits chinois Ada 1997 Kate Croy 1997 Keep the Aspidistra Flying Rosemary 1997 Narrator (voice) 1998 Sweet Revenge Karen Knightly 1998 Jane Thatchard 1999 Carnivale Milly (voice) 1999 Fight Club Marla Singer 1999 Women Talking Dirty Cora 1999 Lily 2001 Planet of the Apes Ari 2001 Novocaine Susan Ivey 2001 Football Mum 2002 Dinah 2002 Till Human Voices Wake Us Ruby 2003 Big Fish Jennifer Hill / The Witch 2004 Lemony Snicket's A Series of Unfortunate Events Beatrice Baudelaire 2005 Charlie va Shokolad Fabrikasi Mrs. Bucket 2005 Conversations with Other Women Woman 2005 Wallace & Gromit: The Curse of the Were-Rabbit Lady Tottington (voice) 2005 Corpse Bride Emily, the Corpse Bride (voice) 2006 Sixty Six Esther Reubens 2007 Sweeney Todd: The Demon Barber of Fleet Street Mrs. Lovett 2007 Harry Potter va Feniks Jamiyati (film) Bellatrix Lestrange 2009 Harry Potter va Tilsim shahzodasi 2009 Terminator 4: Najotkorning kelishi Dr. Serena Kogan / Skynet 2009 Mother Squirrel (voice) 2010 Alisa moʻjizalar mamlakatida Red Queen / Iracebeth of Crims 2010 Qirol nutqi Queen Elizabeth 2010 Harry Potter va Ajal tuhfasi: 1-qism Bellatrix Lestrange 2011 Harry Potter va Ajal tuhfasi: 2-qism 2011 Mother Squirrel (voice) 2012 Dark Shadows Dr. Julia Hoffman 2012 A Therapy Patient 2012 Great Expectations Miss Havisham 2012 Les Misérables Mme. Thénardier 2013 The Lone Ranger Red Harrington 2013 The Young and Prodigious T.S. Spivet Dr. Clair 2014 Night Will Fall Narrator 2015 Cinderella The Fairy Godmother 2015 Suffragette Edith Ellyn 2016 Alisa sehrli oyna ortida Red Queen / Iracebeth of Crims 2017 Poles Apart Nanuk (voice) 2017 55 Steps Eleanor Riese 2018 Sgt. Stubby: An American Hero Margaret Conroy (voice) 2018 Ocean's 8 Rose Weil 2020 Dragonheart: Vengeance Siveth (voice) 2020 Enola Holmes Eudoria Holmes
Manbalar
Havolalar
Helena Bonham Carter Emmys.comda
Turkum:BAFTA mukofoti sohiblari Turkum:Britaniya imperiyasi ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar