Toʻlaganov Kozim Nosirovich – Toshkent shahar hokimi (1994-2001), Toshkent viloyati hokimi (2004-2005). "Shuhrat" medali sohibi (1994).

Biografiyasi 1949-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.

Maʼlumoti – oliy.

1971-yilda Toshkent politexnika insitutini tamomlagan.

1966—1971 yy. – Toshkent politexnika institutining talabasi.

1971—1972 yy. – Toshkent politexnika instituti qurilish fakultetinig tadqiqotchisi.

1972—1976 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish boshqarmasining ishchisi, ustasi, prorabi, katta prorabi.

1976—1979 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining 53-qurilish boshqarmasi boshligʻi, 22-qurilish boshqarmasi boshligʻi.

1979—1983 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining boshqaruvchisi.

1983—1986 yy. – Toshkent shahar partiya qoʻmitasi qurilish va shahar xoʻjaligi boʻlimining mudiri.

1986—1988 yy. – Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

1988—1990 yy. – „Toshshaharqurilish“ boshqarmasining boshligʻi.

1990—1991 yy. – Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshligʻi.

1991—1992 yy. – Oʻzbekiston qurilish vaziri.

1992—1994 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.

1994—2001 yy. – Toshkent shahar hokimi.

2001—2004 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – kommunal soha, transport, qurilish majmuasi rahbari.

2004—2005 yy. – Toshkent viloyati hokimi.

2007—2009 yy. – „Trest-12“ OAO – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi muhandisi.

2010—2016 yy. – „Trest-12“ OAJ – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi yetakchi muhandisi.

2016—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi.

2017-yildan – Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining oʻrinbosariPF-2072-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Toshkent viloyatining hokimlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari