Oqsil foldingi — bu polipeptid zanjirini oʻz-oʻzidan noyob 3-D strukturalariga (oqsilning uchlamchu strukturasi deb nomlanadi) oʻralish jarayoni.

Har bir oqsil molekulasi boshida i-RNKdan sintezlangan polipeptid zanjiri boʻlib hosil boʻladi. Lekin oqsil intezlangandan keyin oʻzining funksiyalarini bajarish uchun uchlamchi strukturasiga ega boʻlish kerak. Polipeptid zanjiridagi aminokislotalarining xususiyatlari farqlanadi va shu bois ular 3-D modelda faqat oʻziga tegishli joyni egallaydi.

Katta oqsillar foldingida maxsus shaperon deb nomlanadigan oqsillar ishtirok etadi.

Oqsillar folding mexanizmlari hali oxirgacha oʻrganilmagan.

Manbalar Alberts B. i dr. Molekulyarnaya biologiya kletki v 3 tomax. T1. 2015

Havolalar Folding@home Rosetta@home