Boʻjay (; ) — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Rishton tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.ПОСТАНОВЛЕНИЕ КАБИНЕТА МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 13.03.2009 г. N 68 О ДОПОЛНИТЕЛЬНЫХ МЕРАХ ПО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ АДМИНИСТРАТИВНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОГО УСТРОЙСТВА НАСЕЛЕННЫХ ПУНКТОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Etimologiyasi Qishlogʻi nomi 1928-yilgi tarixiy manbalarda ruscha „“, eski oʻzbek yozuvida esa „“ shakllarida qayd etilgan.
Mazkur joy nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida turlicha qarashlar mavjud. Xalq etimologiyasiga koʻra, mahalliy aholi ushbu toponimni „bu“ koʻrsatish olmoshi va „joy“ otining oʻzaro birikishidan vujudga kelgan deb izohlaydi. Biroq ilmiy-etnografik tadqiqotlarda, xususan toponimist olim J. Oxunovning 1984-yilgi ishlarida keltirilishicha, qirgʻiz qabilalarining bir urugʻi „boʻjay“ deb yuritilgan. Shunga koʻra, qishloq nomining shakllanishi mazkur etnonim (urugʻ nomi) bilan bogʻliq degan faraz ilmiy jihatdan haqiqatga yaqinroq deb baholanadi.
Tarixi 1928-yildagi maʼmuriy-hududiy boʻlinishga oid statistik maʼlumotlarga koʻra, aholi punkti Fargʻona okrugining Rishton tumani tasarrufidagi Budjay (oʻsha vaqtdagi nomi; hozirgini nomi Boʻjay) qishloq shoʻrosi tarkibiga kirgan. Oʻsha davrdagi roʻyxatga olish natijalariga koʻra, ushbu qishloq shoʻrosida jami 479 ta xoʻjalik roʻyxatga olingan boʻlib, bevosita Budjay qishlogʻining oʻzida esa 203 ta xoʻjalik istiqomat qilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Fargʻona viloyatining shahar tipidagi aholi punktlari