Turbo 2013-yilda katta ekranlarga chiqqan, DreamWorks Animation mahsuloti boʻlgan hamda 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan komedik janridagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Ryan Reynolds, Paul Giamatti, Michael Peña, Snoop Dogg, Maya Rudolph, Michelle Rodriguez va Samuel L. Jackson kirishadi.

Film $127 millionlik budjeti bilan umumjahon boʻylab $282.5 million daromad qildi. Shuningdek, film asosida Turbo Fast animatsion teleseriali ham ishlandi va bu multserial ilk bor Netflix orqali 24-dekabr 2013-yilda efirga uzatildi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Turbo haqida 114 maqola yigʻilib, ulardan 67 foizi filmni ijobiy baholaydi.

Film animator Nicholas Sanger Hoppega bagʻishlangan, u film chiqarilishidan avval miya saratoni tufayli vafot etgan.

Syujeti

Los Angeles shtatining Van Nuys shahridagi bir pomidor bogʻidagi Theo (; oʻzini „Turbo“ deb ataydi) dunyodagi eng yaxshi poygachi boʻlishni orzu qiladigan bir bogʻ shilliqurtidir, uning qahramoni — Indy 500 chempionati besh karra gʻolibi Guy Gagné boʻlgan. Biroq, u tezlik bilan band boʻlgan xayoli bilan boshqa sekin harakatlanuvchi va ehtiyotkor shilliqurtlar hamjamiyatidan ajralib turardi va buning ortidan doimo akasi Chetni xijolatga qoʻyardi. Kechalarning birida, Theo yulduzni koʻrish uchun avtostradaga yoʻl oladi, keyinchalik uning samolyot ekanligini biladi. Keyinchalik, uning DNKsi tasodifan Chevrolet Camaro drag-reyser superchargeri bilan birlashadi. Bu kunisiga ertalab, u supertezlik va baʼzi haqiqiy mashina xarakteristikasiga ega boʻlib uygʻonadi. Biroq, uning yangi qudratini sinab koʻrishga boʻlgan birinchi urinishi, bir bolaning uch oyoqli velosipedini shilliqurtlar yashaydigan bogʻga urib yuborishi bilan tugaydi, natijada u va akasi Chet bogʻ jamoasidan chetlatiladi.

Ovoz berganlar Ryan Reynolds — Theo (Turbo) Michael Peña — Tito Maya Rudolph — Burn Paul Giamatti — Chet Snoop Dogg — Smoove Move Luis Guzmán — Angelo Bill Hader — Guy Gagne Richard Jenkins — Bobby Ken Jeong — Kim-Ly Michelle Rodriguez — Paz Ben Schwartz — Skidmark Kurtwood Smith — CEO Indy Samuel L. Jackson — Whiplash

Relizi Mamlakat Premyera sanasi 17-iyul 2013-yil 19-avgust 2013-yil 3-oktabr 2013-yil 10-oktabr 2013-yil 16-oktabr 2013-yil 17-oktabr 2013-yil 18-oktabr 2013-yil

Musiqasi

Turbo: Music from the Motion Picture bu filmning saundtrekidir. Film uchun Henry Jackman tomonidan bastalangan ushbu saundtrek 16-iyul 2013-yilda Relativity Music Group shirkati tomonidan chiqarilgan. Saundtrek deluks versiyasida chiqarilganida, qoʻshimcha yana 11 ta qoʻshiqni oʻz ichiga olgan. Snoop Dogg filmdagi Smoove Move qahramoniga ovoz bergan boʻlib, film saundtrekiga ham oʻz hissasini qoʻshadi, jumladan „Let the Bass Go“ ashulasini ijro etgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2013-yil filmlari Turkum:2013-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:20th Century Fox filmlari Turkum:DreamWorks Animation filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Sport haqidagi AQSh filmlari Turkum:2013-yil 3D-filmlari Turkum:David Soren filmlari Turkum:2013-yil kinokomediyalari