Harry Potter va hikmatlar toshi (boshqa nomi Harry Potter va afsungarlar toshi; ) J. K. Rowling qalamiga mansub fentezi janridagi roman boʻlib, Harry Potter romanlari turkumiga kiruvchi ilk kitob hisoblanadi.

Roman ilk bor 1997-yil 26-iyunda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury nashriyotida chop etildi. Umumjahon boʻylab 120 million nusxada sotildi va buning ortidan hamma vaqtlarning eng koʻp sotilgan uchinchi kitobi boʻldi.

Kitobga asoslanib 2001-yili film suratga olindi va Electronics Art kompaniyasi tomonidan videooʻyin ishlandi.

Harry Potter va hikmatlar toshi romani tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, koʻplab mukofotlarga sazovor ham boʻldi.

Sujet

Boblari Omon qolgan bola Hayvonot boʻgidagi sarosima Qayerdan kelganligi nomaʼlum xatlar Maktab qorovuli Diagon xiyoboni Toʻqqiz butun toʻrtdan uchinchi platformadan joʻnaydigan poyezd Oʻquvchilarni fakultetga taqsimlovchi shlyapa Sehrli damlamalar tayyorlash fani professori Yarim tundagi duel Halloweʼen Quidditch „Koʻngildagi orzular koʻzgusi“ Nicolas Flamel Norbert — dandon belli norveg ajdari „Taqiqlangan oʻrmon“ Yertoʻladagi tuzoqlar Ikki yuzli odam

Ekranizatsiyalar Kino

2001-yili Harry Potter va hikmatlar toshi asosida film suratga olindi. Filmga Chris Columbus rejissorlik qildi, Steve Kloves esa ssenariynavis oʻlaroq qatnashdi. Film budjeti $125 million boʻlib, kartina umumjahon boʻylab $1.018 milliard daromad qildi. Shuningdek, tanqidchilar tomonidan ham xush qarshilandi.

Reliz tarixi Mamlakat Reliz sanasi Nashr Nashriyot Sahifalar26-iyun 1997-yilHardback Childrenʼs EditionBloomsbury223Paperback Childrenʼs Edition11-sentabr 1998-yilPaperback Adult Edition (Original)27-sentabr 1999-yilHardback Signature Special Edition8-oktabr 2001-yilPaperback Special Edition10-iyul 2004-yilHardback Adult Edition (yangi muqova bilan qayta nashr)3364-oktabr 2004-yilPaperback Adult Edition (yangi muqova bilan qayta nashr)2231-noyabr 2010-yilPaperback Harry Potter Signature Edition18-iyul 2013-yilPaperback Adult Edition (yangi muqova bilan qayta nashr)6-oktabr 2015-yilHardcover Illustrated Edition (illustrator — Jim Kay)2561-sentabr 1998-yilHardbackArthur A. Levine/Scholastic3098-sentabr 1999-yilPaperback1-noyabr 2000-yilHardback Collectorʼs Edition1-noyabr 2001-yilMass Market Paperback400September 2008 Paperback (Exclusive Scholastic School Market Edition)3091-oktabr 2008-yilHardback 10th Anniversary Edition27-avgust 2013-yilPaperback (yangi muqova bilan qayta nashr)3366-oktabr 2015-yilHardcover Illustrated Edition (illustrator — Jim Kay)2561-dekabr 1998-yilHardback Childrenʼs EditionRaincoast223Paperback Adult Edition (original)1-noyabr 1999-yilHardback Signature Special Edition31-avgust 2000-yilPaperback Childrenʼs Edition16-oktabr 2002-yilPaperback Magic Edition4-oktabr 2004-yilHardback Adult Edition (yangi muqova bilan qayta nashr)33612-yanvar 2011-yilPaperback Adult Edition (yangi muqova bilan qayta nashr)Bloomsbury223Paperback Harry Potter Signature Edition27-avgust 2013-yilPaperback Adult Edition (yangi muqova bilan qayta nashr)

Oʻzbekcha tarjimasi Harry Potter va hikmatlar toshi oʻzbek tiliga Joʻraali Solijonov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2015-yil Termiz shahrida Surxon-nashr nashriyoti tomonidan chop etildi. Kitobning oʻzbekcha versiyasi 140 betni tashkil etdi. Taqrizchilar — Poyon Bakirov, Nasiba Panjiyeva, Abdulla Xudoyqulov va Shahnoza Qayumova.

Shuningdek, kitob 2018-yil Toshkent shahrida „Adabiyot uchqunlari“ nashriyotida Shokir Dolimov tarjimasida qayta chop etildi. Nashrga tayyorlovchi hamda iqtiboslar va izohlarni tayyorlovchi — Ergashbay Matyoqubov, bosh muharrir — Alisher Ravshanov, badiiy muharrir — Asaloy Eshonqulova, musahhih — Lolaxon Qoʻziboyeva va dizayner — Feruzbek Vohidov.

Manbalar

Havolalar Harry Potter va hikmatlar toshi (Harry Potter Lexicon)

Turkum:1997-yil kitoblari Turkum:1997-yil romanlari Turkum:Ingliz tilidagi kitoblar