Shayx Abdulaziz Mansur, toʻliq ismi Mansurov Azizjon Dadajonovich (1944-yili Fargʻona viloyati Farg‘ona tumanida tugʻilgan) – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari (2006—2021), Toshkent shahrining bosh imom-xatibi va Minor masjidining imomi boʻlgan (2018-yil 24-iyundan 2019-yil 4-yanvarga qadar)Toshkent shahrining yangi bosh imom xatibi tayinlandiSheyx Abdulaziz Mansur naznachen glavnim imam-xatibom TashkentaShayx Abdulaziz Mansur.
Biografiyasi Maktabni tamomlagandan soʻng Oltiariq tumani va Margʻilon shahridagi turli idoralarda ishlagan.
1975—1979-yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida tahsil oldi.
1979—1980-yillarda „Sovet Sharqi musulmonlari“ jurnali tahririyatida mas’ul kotib boʻldi.
1980–1981-yillari Sudan islom universitetida tahsilni davom ettirdi.
1982—1989 – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Fatvo boʻlimi mudiri.
1989—1993 – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim.
1993—1994 – „Movarounnahr“ nashriyoti mudiri.
1994—1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita boʻlim boshligʻi.
1997—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining millatlalaro munosabatlar va diniy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
2000—2006 – Toshkent islom universitetining maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha prorektori.
2006-yildan 2021-yilgacha Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi (muftiy)ning oʻrinbosari boʻlgan.
2018—2019-yillarda Toshkent shahrining bosh imom xatibi va Minor masjidining imomi boʻlgan.
2021-yildan buyon Oʻzbekiston musulmonlari idorasi faxriylar kengashi raisi. Ilmiy ishlari Shayx Abdulaziz Mansur amalga oshirgan „Qur’oni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri“ 2002-yilda nashr qilindi. „Sahihi Buxoriy“ni tarjima va sharh qilib, ikki jildda nashr ettirgan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida tuzilgan diniy adabiyotlar nashri boʻyicha maxsus hay’at raisidir. Mukofotlari 2026-yil 22-avgustda Imom Buxoriy ordeni bilan mukofotlangan. Yana qarang
Alouddin Mansur Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Shamsiddinxon Boboxonov Usmonxon Alimov
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Imomlar