Xiuaz Dospanova — (15-may 1922 ‒ 20-may 2008) Ikkinchi jahon urushi davridagi yagona qozoq ayol uchuvchi, Qozogʻiston qahramoni (2004). Qozogʻistonda Dospanova sharafiga pochta markalari chiqarilgan, haykal va esdaliklar oʻrnatilgan.
Dospanova urush yillarida Jukovskiy nomidagi Moskva Havo kuchlari akademiyasiga olinmagan, chunki oʻsha paytda akademiyaga faqat erkaklar qabul qilingan. Shu sabab u 1941-yil tibbiy insitutga kirgan. 1942-yilga kelib Marina Raskova yetakchiligdagi uchuvchi ayollar polkiga qoʻshilgan.
Dospanova umumiy hisobda 300 soat parvoz qilgan. Toʻrt marotaba jiddiy jarohat olgan va jang maydoniga qaytgan. U jangda qahramonlik koʻrsatgan. U Qizil Yulduz ordeni, Vatan urushi ordeni bilan mukofotlangan va qahramonliklari uchun koʻplab medallar bilan taqdirlangan"Khiuaz Dospanova. The brave pilot · Publications · „Kazakhstan History“ portal" . e-history.kz.Xiuaz Dospanova (1922-2008 gg.) dinstvennaya letchitsa-kazashka, shturman-strelok. Geroinya Respubliki Kazaxstan (Xalik Kaxarmani)..
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Qozogʻiston qahramonlari Turkum:1922-yilda tugʻilganlar Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:15-mayda tugʻilganlar Turkum:20-mayda vafot etganlar Turkum:Qozogʻiston kishilari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari