Sapar Jumaqodirovich Isoqov (; 29-iyul 1977-yil, Bishkek) – Qirgʻiziston davlat arbobi, 25-avgust 2017-yildan Bosh vazir
Biografiyasi Otasi – Jumakadir Isakov uzoq yillar turli partiya lavozimlarida ishlagan. 2005-yildan nafaqada.
Onasi Nurgul Sagandikovna Omarbayeva maktabda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Hozir nafaqada.
1999-yilda Sapar Qirgʻiziston xalqaro davlat universitetini „Xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
1999-2003 yillari Qirgʻiziston Xalqaro Universiteti oʻqituvchisi.
2003-yildan Qirgʻiziston Respublikasi diplomatik xizmatida.
2003-2007 – Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama hamkorlik boʻlimida 3-kotibi, 2-kotib va boʻlim boshligʻi.
2007-2007 – Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi.
2007-2009 – Qirgʻiz Respublikasi Hukumati tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi.
2009-2010 – rivojlantirish, investitsiyalar va innovatsiyalar boʻyicha Qirgʻiziston Respublikasi Markaziy Agentligi aloqa xizmati rahbari.
2010-2010 – Qirgʻiziston Respublikasi Vaqtinchalik Hukumat tashqi siyosat boʻlimi rahbari.
2010-2012 – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni tashqi siyosat boʻlimi rahbari.
2012-2017 – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni mudirining birinchi oʻrinbosari – tashqi siyosat boʻlimi mudiri.
2017-2017 – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni mudiri.
2017-2018 – Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri.
2018-yil 19-aprelda mamlakat parlamenti Isoqov hukumatiga ishonchsizlik votumi eʼlon qildi va Isoqovni isteʼfoga chiqarib yubordihttps://m.kun.uz/news/2018/04/21/kirgiziston-ukumatining-angi-tarkibi-tulik-rujhat
2018-yil 5-mayda korrupsiyada ayblanib, hibsga olinganhttp://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/5264741. 2019-yil 6-dekabrda moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganhttps://m.kun.uz/news/2019/12/07/qirgizistonning-sobiq-bosh-vazirlariga-75-va-15-yillik-qamoq-jazolari-tayinlandi
Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik martabasiga ega boʻlgan (2010-2019).
2020-yil 6-oktyabrda Qirgʻizistonda ommaviy norozilik namoyishlari boshlanganidan soʻng Sapar Isaqov sobiq prezident Atambayev va boshqa bir qator sudlangan siyosatchilar bilan birga Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining tergov izolyatoridan ozod qilindi. Shundan keyin gʻoyib boʻlgan va qidiruvga berilgan.
Uylangan, toʻrt qiz va ikki oʻgʻilning otasi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qirgʻiziston iqtisodchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar