Farhodning jasorati — 1967-yilda suratga olingan harbiy drama film. Kaliningrad viloyatining Neman shaharchasida suratga olingan.

Syujeti Ikkinchi jahon urushidagi janglardan birida kapitan Farhod Abbosov fashistlarga asir tushib qoladi. Fashist qoʻshini generali Hoffman uni sinovdan oʻtkazadi, unga tankni mudofaa chizigʻidan olib oʻtishni buyuradi. Farhod „T-34“ tankini mudofaa chizigʻidan mohirona olib oʻtadi. Hoffman Farhodning mahoratiga qoyil qoladi, biroq uni otib tashlashni buyuradi. Farhod Vera ismli tarjimon qiz bilan asirlikdan qochishga erishadi. Farhod Veraga oʻz safdoshlarining yoniga qaytishni buyuradi. Fashistlar harbiy eshelonini yakson qilib, Farhodning oʻzi ham qahramonlarcha halok boʻladi. Vera qochishga muvaffaq boʻladi.

Rollarda Javlon Hamroyev — Farhod Vija Artmane — Vera, tarjimon Laimonas Noreika — Hoffmann, nemis generali

Manbalar

Havolalar

„Podvig Farxada“ na sayte Kino—Teatr

Turkum:1967-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Sovet Ittifoqi filmlari Turkum:Ikkinchi jahon urushi haqidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar