„Accidental Occidental“, toʻliq nomi: „Accidental Occidental: Economics and Culture of Transition in Mitteleuropa, the Baltic and the Balkan Area“ () — mojar iqtisodchisi va siyosatchisi Lajos Bokros qalamiga mansub markaziy rejalashtirish iqtisodidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish boʻyicha kitob. 2013-yil Budapesht shahrida Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan. Asarda Bokros liberal qarashlarni ilgari surilgan.
Asarda oʻtishning toʻqqiz elementi, xususan, biznes sektorini liberallashtirish, makroiqtisodiy stabillashtirish, xususiylashtirish, moliyaviy sektor, shirkatlarni islohot qilish, moliyaviy sektorlarni boshqarishni oʻzgartirish, davlat finansini boshqarish, shahar/hududiy hukumatlar hamda yuridik islohotlar koʻrib chiqilgan.
Boʻlimlari Kommunizm yigirmanchi asrdagi iqtisodiy va ijtimoiy tuzum sifatida Markzaiy hamda Sharqiy Yevropada bozor va demokratiyaga oʻtish Yigirma birinchi asrga oʻtish
Taqrizi Sasseks universiteti xodimi Alan Mayhew kitobga yozgan taqrizida uni oʻtish iqtisodiyoti boʻyicha adabiyotga yaxshi qoʻshimcha deya ijobiy baholadi. Ayni damda, muhim tushuncha va maʼlumotlar kitobning asosiy qismi emas, izohlardan oʻrin olganini tanqid qildi. Aberystwyth universiteti xodimi Ira Bliatka esa muallif ochiqchasiga Gʻarbiy kapitalizm va qadriyatlarni yoqlab, kolonialist argumentlarni ilgari surgani asarning asosiy kamchiligi ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, asarda tarixiy hodisalar va maslahatlar qorishib ketganini tanqid qildi.
Manbalar
Havolalar „Accidental Occidental“ Markaziy Yevropa universiteti nashriyoti saytida
Turkum:Iqtisod boʻyicha kitoblar