„The Art of Project Management“ () — amerikalik orator va loyiha menejeri Scott Berkun qalamiga mansub menejment boʻyicha kitob. Kitobda loyihalarni rejalashtirish, boshqarish va ularga yetakchilik qilish haqida soʻz yuritiladi. Ilk bor 2005-yil California shtatining Sebastopol shahrida „O'Reilly Media“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bir necha tilga, jumladan, fransuz, polyak, fin va xitoy tillariga tarjima qilingan.
Ilk muqovasida Berkun surati emas, boʻsh kitob javoni surati chop etilgan. Surat izohida muallif javonni yozgan kitoblari bilan toʻldirishni rejalashtirayotgani eʼtirof etilgan. Kitob yaxshi kutib olindi va „Amazon“ saytida kompyuterlar va Internet yoʻnalishida bestsellerga aylandi. Berkun „The Art of Project Management“ kitobidn keyin chindan bir necha muvaffaqiyatli asarni yozgan.
Taqrizi Asar tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Thomas V. Kappel „Kickstartnews“ nashri uchun yozgan taqrizida Berkun „Microsoft“ shirkati loyihalarida olgan shaxsiy tajribasiga tayanib, koʻplab foydali maslahatlarni ulashganini olqishladi. Gina Trapani ham „Lifehacker“ nashriga yozgan taqrizida kitobda mavhum nazariyalar oʻrniga koʻplab amaliy maslahatlar berilganini aytib, uni ijobiy baholadi.
Manbalar
Turkum:Menejment boʻyicha kitoblar