„Tirik sayyoralar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 1978-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida 60 ming nuxsada chop etilgan. Vohidov toʻplamga kiritilgan sheʼrlarning ayrimlarini xorijiy mamlakatlarga qilgan sayohatlaridan ilhomlanib yozgan.

„Tirik sayyoralar“ toʻplami 1983-yil qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan. Toʻplamga kiritilgan sheʼrlar „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) toʻplamidan oʻrin olgan sheʼrlar bilan bir qatorda 2014-yil chop etilgan „Zamin sayyorasi“ sheʼriy toʻplamiga kiritilgan.

Manbalar

Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari